Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Ko‘ngil aynishi va qayt qilishni nima bilan davolash kerak?

Ko‘ngil aynishi va qayt qilishni nima bilan davolash kerak?

Ko‘ngil aynishi va qayt qilishni nima bilan davolash kerak?

Ko‘ngil aynishi va qayt qilish inson turmush tarzini ancha qiyinlashtirishi va ta’bir joiz bo‘lsa, jiddiy asoratlarga ham olib kelishi mumkin. Mazkur alomatlarning kelib chiqish tabiati turlicha: miyada qon aylanishining buzilishidan tortib, vestibulyar apparatdagi buzilishlarga qadar bo‘ladi. Biroq, ko‘ngil aynishi va qayt qilishning ko‘proq tarqalgan sababi sifatida zaharlanishni aytish joiz.

Nima sababdan ko‘ngil aynib, odam qayt qiladi?

Ovqat, alkogol, dori va boshqa vositalar bilan birga organizmga toksinlar ham tushishi mumkin. Ularning oshqozondan yoki ichaklardan qon tomirlariga so‘rilishi oqibatida markaziy asab tizimi ko‘ngil aynishi va qayt qilishga majburlovchi murakkab mexanizmni ishga tushiradi.

Ehtimoliy asoratlar

Ko‘ngil aynishi va qayt qilish jarayonida insonda paydo bo‘ladigan o‘ta shaxsiy noxush xislardan tashqari, mazkur alomatlar qator ko‘ngilsiz asoratlarga ham sabab bo‘lishi mumkin:

  • arterial qon bosimining oshishi;
  • qizilo‘ngachda qon quyilishi;
  • qizilo‘ngach va burun-xalqum shilliq pardalarining zararlanishi;
  • organizmning suvsizlanishi.

Davolash

Ko‘ngil aynishiga qarshi vositalar yuqorida aytilgan noxush alomatlarni yo‘q qilib, asoratlar rivojlanishining oldini olishda yordam beradi. Biroq, ko‘ngil aynishi va qayt qilish nafaqat ovqatdan zaharlanish, balki boshqa kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ko‘ngil aynishi va qayt qilishga qarshi tabletkalar birinchi yordam, umumiy holatni me’yorga tushirib olish vositasi sifatidagina tavsiya etiladi. Bundan keyin albatta, malakali tibbiy yordamga murojaat qilish lozim bo‘ladi.

Zaharlanishlarni majmuaviy davolashda entersorbentlar – toksinlarning ingichka ichakdan qon tomirlariga so‘rilishini sezilarli darajada kamaytiruvchi vositalar qo‘llanadi.

Filtrum® – zaharlanish oqibatidagi ko‘ngil aynishi va qayt qilishda dori vositasi sifatida tavsiya etiladigan yangi avlod preparati bo‘lib, uning turli tabiatli zaharlarni o‘ziga shimdirib oluvchi lignin Filtruma®ning asosiy faol komponenti hisoblanadi. Shu sababli ham vosita turli zaharlanish holatlarida qabul qilish imkonini beradi. Dori vositasi tabletka ko‘rinishida ishlab chiqarilgani sababli, ayniqsa, yo‘lda ketayotgan mahal qabul qilishda qulaydir.