Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Diareya (ich ketish)ni nima bilan davolash kerak?

Diareya (ich ketish)ni nima bilan davolash kerak?

ЧЕМ ЛЕЧИТЬ ДИАРЕЮ (ПОНОС)

Ich ketishga qarshi vositalar barcha uy dori qutilaridagi eng ommabop dorilardan bo‘lsa kerak. Bunga hayron bo‘lmaslik joiz: har qanday kishi, umrida ich ketishning noxush hislarini, qorin sohasidagi noqulayliklarni tuygan bo‘lishi kerak.

Diareya (ich ketish) aslini olganda kasallik ham emas, balki, davolanilmagan va oqibatda organizmga jiddiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan asorat. Shuning uchun ham, ich ketishni kattalar va bolalarda davolash noxush holat jarayoniga barham berish emas, balki salomatlikka jiddiy zarar etkazishning oldini olish, deyish mumkin.

Diareya sabablari

Ich ketishning asosiy sabablariga quyidagilarn kiritish mumkin:

  • ovqatdan zaharlanish;
  • ichaklar disbakteriozi;
  • ichaklarda so‘rilish jarayonining buzilishi;
  • oziq-ovqat allergiyasi yoki qay bir mahsulot yoki uning tarkibidagi ingridientga nisbatan individual ta’sirchanlik;
  • noto‘g‘ri ovqatlanish.

Yuqorida sanalgan har bir holat bo‘yicha dori ich ketishga qarshi mustaqil vosita sifatida ham yoki boshqa preparatlar bilan majmuaviy davolash sifatida ham tavsiya etilishi mumkin.

Diareyaning asoratlari

Ich ketishning xatarli asorati sifatida organizmning suvsizlanish holatini aytish mumkin: inson organizmidan axlat ko‘p miqdorda suvga aralashgan holda chiqib, oqibatda shuncha miqdorda suv yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, modda almashinuvi, yurak tizimi va boshqa muhim hayotiy funktsiyalarning normal ishlashi uchun qon tarkibidagi o‘ta zarur mikroelementlarning suv bilan birga chiqib ketishiga olib keladi. Shuning uchun diareyada ustuvor vazifa – yo‘qotilgan suv va elektrolitlarning o‘rnini vaqtida to‘ldirish hisoblanadi. Bunday paytda diareyani davolash yurak-qon tomir va boshqa tizmilardagi buzilishlar profilaktikasiga qaratiladi, zotan ularning asorati tom ma’noda o‘ta xavfli bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Bundan tashqari diareya davolanmasa ichak mikroflorasining surnkali buzilishiga olib keladi.

Diareyani davolash

Diareyaga qarshi Filtrum® vositasi entersorbentlarning so‘ngi avlod vakili hisoblanadi. Uning sorbtsion (zararli moddalarni shimib olish xususiyati) kattalar va bolalarda kelib chiqishi turlicha bo‘lgan ich ketishda (jumladan, ovqatdan, dori vositalari, alkogol va boshqa tur zaharlanishdarda) birdek qo‘llash imkonini beradi.

Preparat tarkibi haqida.. Yog‘ochni maxsus qayta ishlash usuli natijasida ajratib olingan tabiiy modda - lignin Filtruma® ning asosiy komponenti hisoblanadi. Diareyaga qarshi oldingi avlod preparatlarga qaraganda Filtrum® past molekulyar birikmalar (alkogol, turli dori vositalari komponentlari va h.k.) kabi turli moddalarni shimib olish xususiyatiga ega. Uning mazkur xususiyati preparatni ich ketishga qarshi universal sorbent ekanini ko‘rsatadi va bu o‘z navbatida tabiati turlicha diareya turlarini davolash imkonini beradi.

Preparatni qo‘llash haqida. Filtrum®ni sutkasiga 3-4 mahal 5 kun davomida ovqat va boshqa dori vositalaridan bir soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi. Preparatning bir martalik qabul qilish dozasi: 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – ½ tabletka, 1–3 yoshgacha – 1 tabletka, 4–7 yoshgacha – 1 tabletka, 7–12 let – 1–2 tabletkadan, kattalarga – 2–3 tabletkadan.

Tabletka ko‘rinishida ishlab chiqarilgani bois, Filtrum®ni hatto yo‘lda, asosiy vaqtini uydan tashqarida o‘tkazadigan kishilarning ham bemalol qabul qilish imkonini beradi.

Axlat tarkibida qon aralashmasi bo‘lgan hamda davomiyligi 2 sutkadan ortiq, kelib chiqishi noma’lum hamda boshqa alomatlar (isitma, qayt qilish, holsizlanish va h.k.) bilan davom etadigan ich ketishlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.