Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Toksinlar bilan zaharlanishga qarshi vosita

Toksinlar bilan zaharlanishga qarshi vosita

  1. Toksinlar bu nima?
  2. Toksinlar bilan zaharlanish
  3. Alomatlari
  4. Toksinlarni organizmdan chiqarish usullari

Toksinlar bilan zaharlanishga qarshi vosita

Odatda,toksin deganda,inson organizmiga tashqi muhitdan kelib tushuvchi,kimyoviy zaharlar tushuniladi.Ularning ko’pchiligi organizmga,oziq-ovqat mahsulotlari bilan kelib tushadi,shu sababli,ularni zararsizlantirish uchun toksinlarni ichaklardan chiqarib tashlovchi vositalarni,qabul qilish kerak.

Filtrum® preparati,toksinlarni chiqarib tashlash uchun samarali vositadir. Preparat kelib chiqishi tabiiy bo’lgan, maxsus ishlov berilgan o’simlik komponentlari asosida,ishlab chiqarilgan, toksinlar bilan zaharlanishga qarshi, vositadir.

Toksinlar bu nima?

Toksinlar ekzo- va endotoksinlarga bo’linadi.Ekzotoksinlarga,teri orqali yoki tashqi muhitdan o’pka,hazm qilish tizimiga kirib keluvchi moddalar kiradi. Endotoksinlar,odatda,qoldiqlar,deb ataladi.Bu kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarning hayot faoliyati, dori vositalarining parchalanishi, natijasida paydo bo’ladigan mahsulotlar, hamda turli kasalliklar tufayli, masalan, buyrak va jigar yetishmovchiligida hosil bo’ladigan, moddalar.

Toksinlarning turlariMisollar
Kimyoviy Noorganik moddalar- simob,asbest,xlor, metallarning tuzlari va organik birikmalar-metanol,dori-darmonlar, neft, erituvchilar,pestitsidlar
Biologik Bakteriyalar, viruslar, boshqa kasal qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar va ularning organizmdagi faoliyatining mahsulotlari
Jismoniy Ko’mir,sement yoki asbest changi

Bularning barchasi organizmga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin va bu moddalar organizmdan siydik yoki ichak orqali chiqib ketadi.Bu jarayonni tezlashtirish uchun toksin va qoldiqlarni organizmdan chiqaradigan turli xil vositalardan foydalaniladi.

Toksinlar bilan zaharlanish

Har qanday toksik moddalar,ularning miqdori va odamning holatiga qarab, ehtimoliy xavfli bo’ladi.Shu sababli, bu moddalarni organizmdan samarali usullar va toksinlarga qarshi maxsus vositalar yordamida,iloji boricha tezroq,chiqarib tashlash muhimdir.

O’z vaqtida ko’rsatilgan yordam, zaharli moddalarning quyidagi ta’sirlarini yo’qotadi yoki kamaytiradi:

  • buyrak,jigar,miya,o’pka,ichak va boshqa a’zolarning shikastlanishi;
  • ularning odatiy faoliyatining buzilishi;
  • irsiy nuqsonlarning rivojlanishi;
  • immunitetning pasayishi;
  • allergik ta’sirlar;
  • saraton o’simtasini keltirib chiqarish qobiliyati;

Alomatlari

Zaharlanish haqida shubhaga borish, toksin va qoldiqlarga qarshi vositalarni qabul qilish,kerakligini bildiruvchi,eng birinchi alomatlar:

  • fe’l-atvorning o’zgarishi (bezovtalik, injiqlik);
  • suyuq ich kelishi;
  • bosh aylanishi;
  • seruyqulik, quvvatsizlik;
  • bosh og’rigi’;
  • ishtaha yo’q bo’lishi;
  • ko’ngil aynishi yoki qayt qilish;
  • chanqoq.

Ko’p hollarda bu alomatlar toksinlarning ovqat hazm qilish yo’liga tushganidan dalolat beradi.Bunday holatlarda, birinchi yordam sifatida, ko’p suyuqlik ichish va toksinlarni organizmdan chiqaruvchi vositalarni qabul qilish kerak. Filtrum® bu guruhga kiruvchi preparatlar orasida eng samaradorlaridan biridir.

Muhim: qo’llashdan oldin yo’riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing

Toksinlarni organizmdan chiqarish usullari

Zaharlanish holatlarida tibbiy yordam ko’rsatilishi uchun murojaat qilish kerak. Odatda, birinchi yordam sifatida, turli usullardan foydalaniladi:

  • qorin yuviladi,lekin kimyoviy moddalar bilan zaharlanish holatlarida,bu uslub xavfli bo’lishi mumkin;
  • samaradorligi past bo’lgan, faollashtirilgan ko’mir tabletkalarini ko’p miqdorda qabul qiladilar;
  • ko’p hollarda yordam bermaydigan, aksincha bemorning holatini og’irlashtirib qo’yishi mumkin bo’lgan,xalq tabobati vositalaridan foydalanishadi;

Filtrum® ichak sorbenti toksinlar bilan zaharlanish holatlarida qo’llaniladigan bu usullarga muqobil vosita bo’lib xizmat qiladi.Bu toksinlarni organizmdan chiqaruvchi,samarali vositadir

Filtrum®:

  • sezilarli darajadagi sorbsion (bog’lovchi yuzani) ta’minlovchi mikropora (teshikchalar) hisobiga, faollashtirilgan ko’mirga qaraganda ko’proq samaradorlikka ega;
  • kelib chiqishi turli xil bo’lgan- ozuqaviy, mikrobli, kimyoviy, dorivor toksinlarni birlashtiradi, inaktivatsiya (zararsizlantiradi) qiladi va organizmdan chiqarib tashlaydi;
  • alkogolli intoksikatsiyada yordam beradi;
  • ichki a’zolarning kasalliklarida endotoksinlarni-bilurbin,karbamid va boshqalarni organizmdan chiqarilishini tezlashtiradi;
  • ich kelishini tartibga soladi, ko’ngil aynishi,qorin shishishlarini yo’qotadi, umumiy ahvolni yaxshilaydi, o’tkir zaharlanishdagi sog’ayishni tezlashtiradi. 

Mavzular bo'yicha boshqa maqolalar