Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Sorbentlar

Sorbentlar nima?

Sorbentlar

  1. Sorbentlar qanday ishlaydi?
  2. Sorbentlar qachon qo‘llanadi?
  3. Kimlar sorbentlarni qabul qilmasligi kerak?
  4. Zaharlanganda sorbentlar
  5. Ichaklarni tozalash uchun sorbentlar
  6. Allergik reaktsiyalar mahali sorbentlar
  7. Bolalar uchun sorbentlar
  8. Tabiiy sorbentlar
  9. Sorbentlar: foyda va zarari

Organizmdan turli toksinlarni chiqarishga ko‘maklashadigan moddalar sorbent deyiladi. Sorbentlar tabiiy va sintetik bo‘ladi.

Oshqozon-ichak tizimida ta’sir ko‘rsatib, zararli moddalarni o‘ziga shimib oladigan va zaharlarni bog‘lovchi entersorbentlar sorbentlar sirasiga kiradi. Ular oshqozon shirasi va boshqa moddalar bilan aloqaga kirishmaydi va organizmdan tabiiy yo‘l bilan chiqib ketadi.

Filtrum – tabiiy entersorbent bo‘lib, organizmdan alkogol, allergenlar, patogen bakteriyalar va bakterial toksinlar, dori vositalari, zahar, og‘ir metall tuzlarini bog‘lab chiqaradi.

Sorbentlar qanday ishlaydi?

Entersorbentlar bevosita va bilvosita davolash ta’siriga ega.

Mazkur preparatlar:

  • organizmga tashqi muhitdan tushgan begona zahar va moddalarni tutib qoladi;
  • ovqat hazmi jarayonida ichaklarda hosil bo‘ladigan mahsulotlarni sirtida tutib qoladi;
  • mikrob hujayralari va ular hosil qiladigan zaharlarni adsorblaydi;
  • achish va bijg‘ish jarayonida hosil bo‘ladigan gazlarni bog‘laydi;

Ichaklarda hosil bo‘ladigan hazm qilish shirasini ular ajratadigan ko‘plab zaharlardan tozalaydi:

  • ichak devorlari siqilib-ochilish ta’sirchan zonalarini mexanik ravishda qo‘g‘atadi;
  • ichaklardagi eritma tarkibini normallashtiradi;
  • yuqori zaharli moddalarni organizm uchun zararsiz eritmalarga aylantiradi;
  • allergik reaktsiyalar va zaharlanish ko‘rinishlarini kuchsizlantiradi;
  • organizmdagi asosiy zaharlarni bartaraf etuvchi organ – jigar faoliyatiga bosimni kamaytiradi;
  • ichaklar normal mikroflorasi faoliyatini tiklaydi;
  • zararlangan shilliq pardalar faoliyatini tiklanishiga rag‘batlantiradi;

 

Sorbentlar qachon qo‘llanadi?

Avvalo, sorbentlar inson organizmiga ovqat mahsulotlari, dori vositalari hamda sanoat zaharlari salbiy ta’sir ko‘rsatib, zaharlanganda tavsiya etiladi.

Sorbentlar qachon qo‘llanadi?

Bundan tashqari, sorbentli preparatlar:

  • oshqozon shirasining kuchli sho‘rlangani;
  • meteorizm;
  • surunkali buyrak etishmovchiligi;
  • gepatit, jigar tsirrozi;
  • allergik reaktsiyalar;
  • autoimmun kasalliklar, jumladan onkologiyada tavsiya etiladi.

Muhim! Sorbentlarni boshqa dori vositalaridan alohida qabul qilish lozim. Ularni qabul qilish oralig‘i kamida ikki soatni tashkil etishi kerak. Yuqoridagi tavsiyalarga rioya etilmaganda sorbentlar bilan davolash ta’siri keskin pasayadi va ular bilan birga qabul qilingan dori vositalarining so‘rilishiga salbiy ta’sir etadi.

Sorbentlar alkogol mahsulotlaridan haddan ziyod ko‘p iste’mol qilinganda ham asqotadi. Alkogoldan zaharlanganda spirtning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan zaharli mahsulotlar organizmda to‘planadi va kishi boshog‘rig‘i sindromidan aziyat chekadi. Mazkur holatlarda entersorbentlar qo‘l keladi.

Shuningdek, entersorbentlar parazitlar, masalan, gijja, lyambliya yoki salьmonella sababli yuzaga kelgan kasalliklarni davolashda yaxshi samara beradi.

Nihoyat, sorbentlar immunitetni mustahkamlashda ham tavsiya etiladi.

Tibbiyot xodimlari profilaktika maqsadida yiliga bir necha marta sorbentlar qabul qilish kursini tavsiya qiladi.

Agar sorbentlarni asosiy davolash vositasi sifatida qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta, bir vaqtda probiotiklar, vitamin-mineral majmualarini ham qabul qilishingiz lozim. Aniq davolash kursini shifokor belgilaydi.

Kimlar sorbentlarni qabul qilmasligi kerak?

Quyidagi holatlarda sorbent saqlovchi preparatlar tavsiya etilmaydi:

  • shaxsiy ta’sirchanlik;
  • oshqozon shilliq pardasi va o‘nikki barmoqli ichak yarasi bor bemorlar;
  • oshqozon-ichak tizimida qon ketish ehtimoli bor shaxslar;
  • ichak o‘tkazuvchanligi buzilgan kishilar.

 

Zaharlanganda sorbentlar

Zaharlanganda sorbentlar

Inson zaharlangan mahali tezroq va qisqa muddatlarda organizmdan toksik modalarni chiqarish choralarini ko‘rish zarur. Har qanday kishi zaharlanib qolishi mumkin va bunday salbiy holatni tezroq bartaraf etish uchun xonadon dori qutisida sorbent preparatlari bo‘lishi muhim. Dori vositasini tanlayotganda uning quyidagi xususiyatlariga e’tibor bering:

  1. yuqori sorblash (shimish) xususiyati;
  2. xatarsiz qo‘llash: sorbentlar qon tomirlariga so‘rilmasligi va tezda organizmdan chiqib ketishi kerak.

Ichaklarni tozalash uchun sorbentlar

Ichaklarni tozalash uchun sorbentlar

Ichaklar intkosikatsiyasida og‘izdan badbo‘y hid keladi, kishi ko‘p terlaydi, toshmalar toshadi, til oqarib, chanqaydi, ko‘ngil ayniydi, qorin dam bo‘lib, meteorizm kabi salbiy holatlar kuzatiladi.

Muhim! Sorbentlar ovqatgacha bir soat oldin yoki ovqatlangandan keyin keyin kamida bir soat o‘tkazib qabul qilinadi. Zaharni zudlik bilan oshqozon-ichak tizimidan chiqarish zarur hollarda istisno tariqasida bundan barvaqtroq qabul qilish mumkin. Bunday holatlarda sorbent ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin yoki keyin qabul qilinadi.

Allergik reaktsiyalar mahali sorbentlar

Allergik reaktsiyalar mahali sorbentlar

Allergiya tashxisi qo‘yilganda shifokor aynan Sizga mos keladigan ovqatlanish tartibini belgilaydi va sekin-asta taomnomangizga ehtimoliy allergen mahsulotni oz-ozdan qo‘shadi. Mabodo, organizm yana o‘sha allergenni rad etsa, shifokor maxsus parhez tayinlaydi.

Allergiyada shifokor majmuaviy davolash komponenti sifatida antigistaminlar bilan birga sorbent tavsiya qilishi mumkin. Allergik reaktsiya yaqqol namoyon bo‘lgan holatlarda bemor kasalxonaga yotqiziladi va bu erda unga antigistamin, yallig‘lanishga qarshi dorilar va gormonal vositalar qabul qilishi buyuriladi.

Bolalar uchun sorbentlar

Sorbentlarni bolalar organizmini tozalash uchun ham qo‘lash mumkin va ularni faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra qabul qilish shart.

Bolalarga sorbent saqlovchi hamma dori vositalari ham mos kelavermaydi. Bir yoshgcha bo‘lgan bolalarga ham qo‘llash mumkin bo‘lgan universal vositalardan biri Filьtrumdir.

Bolalar uchun sorbentlar

Filtrum zaharlanish va ichakning infektsion kasalliklari, masalan, salьmonellyoz yoki dizenetriyada qabul qilish buyuriladi. Qabul qilishdan oldin tabletkalar kukun holatiga qadar eziladi. Bir yoshgacha go‘daklarga yarimta tabletka, 1 dan 7 yoshgacha bir tabletkadan, kattaroq yoshdagi bolalarga 1-2 tabletkadan qabul qilish tavsiya qilinadi. Sutkasiga to‘rt martadan ortiq qabul qilish mumkin emas.

Sorbentlar shuningdek, bolalarda kuzatiladigan allergik reaktsiyalarda ham qo‘llanadi. Ular organizmni allergenlar ta’siridan xalos qiladi. Bunday paytda kattalarga buyuriladigan miqdorda tavsiya qilinadi.

Muhim: qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki mutaxassis maslahatini oling.

Tabiiy sorbentlar

Tabiiy sorbentlar

Dori vositalari tabiiy va sintetik sorbentlar saqlaydi. Tabiiy sorbentlarni tabiiy holatda ham qabul qilish mumkin. Tabiiy sorbentlar o‘simliklarda bo‘ladi. Masalan, pektinlar kuchli shimish xususiyatiga ega. Ularning tolalari oshqozon-ichak tizimiga tushgach shishadi va o‘zidan gelsimon modda ajratadi. Pektinlar ortiqcha suv, shuningdek og‘ir metallar (simob, qo‘rg‘oshin va strontsiy), ichaklardagi ortiqcha xolesterinni bog‘lab chiqarishi va aterosklerozning oldini olishda yaxshi samara beradi.

Pektinlar dengiz o‘tlari, olma, tsitrus mevalar, malina, qulupnayda ko‘proq uchraydi. Turli yormalar (grechixa, suli) va ba’zi sabzavotlar, masalan, lavlagi, sabzi va karam kabilar pektinga boy.

  1. O‘simlik kletchatkasi – uzoq muddat qabul qilishga ruxsat etilgan.
  2. Xitin – organizmni xolesterin va yog‘li kislotalardan xalos qiladi. Mazkur sorbent ko‘proq uzoq muddat parhez tutadigan, qantli diabeti bor bemorlar va ateroskleroz bilan og‘rigan kishilarga hamda katta ziyofat dasturxonida mehmon bo‘ladiganlarga tavsiya etiladi.
  3. Tsellyuloza – xolesterin va shakar miqdorini kamaytirishga yordam beradi, ortiqcha vazndan xalos etadi. Ichaklardagi foydali mikroflorasi rivojlanishiga ko‘maklashib, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Tsellyuloza uzoq muddat qabul qilinganda ko‘nikib qolish mumkin va qabul miqdori muntazam oshirib boriladi. Unutmang, tsellyuloza va xitin alohida-alohida qabul qilinishi kerak.

Sorbentlar: foyda va zarari

Sorbentlarning foydali tomonlari bilan birga zararli ta’sirini ham unutmang. Zaharlar bilan birga ular organizmdan foydali moddalarni ham chiqarib tashlashi mumkin. Albatta, ahvol jiddiy bo‘lgan mahal balki bu holat unchalik ahamiyatli bo‘lmasligi ham mumkin.

Xulosa sifatida, sorbentlar organizmda to‘plangan toksinlar, allergen va boshqa zararli moddalardan xalos etishda ko‘makchi, desak bo‘ladi.