Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Salmonellyoz

Salmonellyoz

Salmonellyoz

  1. Salmonellaning yuqish usullari
  2. Salmonellyozning turli bosqichlardagi alomatlari
  3. Salmonellyozni davolash
  4. Salmonellyozda parhez
  5. Ogohlantirish

Organizmga salmonella deb nomlanadigan bakteriya tushishi oqibatida ovqat hazm qilish tizimini zararlovchi o‘tkir infeksiya salmonellyoz deb nomlanadi. Odatda bu xastalik gastrit, enterit, kolit, zaharlanish va suvsizlanish singari alomatlar asnosida kechadi. Ba’zi hollarda esa kasallikning terlama (tif) xastaligi ko‘rinishida o‘tishi ham kuzatiladi.

Infeksiyaga aksariyat hollarda yetarlicha pishirilmagan tuxum, shuningdek sut va go‘sht mahsulotlari sabab bo‘ladi. Salmonellyoz ikki turli ko‘rinishdagi stsenariy asosida rivojlanishi mumkin va ular gastrointestinal va generalizlanish deb ataladi. Alohida holatlarda zararlanish va kasallik ortiqcha belgilarsiz kechishi mumkin. Salьmonella bakteriyasi inson axlati yoki qayt qilgan massasi tarkibini tahlil qilish orqali aniqlanadi.

Salmonellaning yuqish usullari

Salmonellaning yuqish usullari

Qoramol, cho‘chqa, qo‘y va otlar kasallikning azaliy tashuvchilari hisoblanadi. It va mushuklarning, shuningdek sichqonlarning bu xastalikka yo‘liqib turishi tez-tez uchraydi. Bundan tashqari, yovvoyi parrandalar (masalan, yovvoyi o‘rdaklar) ham kasallik tashuvchilari bo‘lishi mumkin va ularda xastalik deyarli tashqi alomatlarsiz kechadi. Bu turlar yillar davomida bakteriyalarni tashishi, peshob yoki axlati, so‘lak yoki suti orqali uni atrofga tarqatishi mumkin. Kasallikka chalingan hayvonlarni parvarishlayotgan, ularni tashish yoki go‘shtini maydalash bilan shug‘ullanadigan yoki saqlaydigan kishilarga xastlik yuqishi mumkin. Keyingi 30 yil mobaynida dunyo bo‘yicha xonadonlarda va parrandachilik fermalarida boqilayotgan tovuqlar orasida mazkur kasallikka chaqlinish holatlari tobora ortib bormoqda.

Kasallikka chalinishning ikkinchi sababi – salmonellyoz bilan og‘rigan bemor bilan muloqotda bo‘lishdir. Odatda, bakteriyalar fekal-oral yo‘li bilan kasal kishidan sog‘lom kishining oshqozon-ichak tizimiga tushishi orqali o‘tadi. Bunga shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslik yoki bemorga qarashda ehtiyotsizlik sabab bo‘ladi. Kasalxonalar, bolalar bog‘chalari va tor xonalarda bemorlar bilan muloqotda bo‘lish, iflos idishlar, tuvak, taglik o‘raladigan stollar, sochiq va boshqa shaxsiy ashyolardan foydalanish kasallik yuqishiga olib keladi.

Salmonellyozning kaptarlar va boshqa yovvoyi qushlar axlati orqali tarqalishi ham isbotlangan. Shuning uchun kaptar va boshqa shahar qushlari galasiga juda yaqin borish va ularni ushlashga harakat qilish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

12 oylikkacha bo‘lgan bolalarning kasallikka ko‘proq chalinish xavfi yuqori. Ularda salmonellyozning davolanishi og‘irroq kechadi. Bola ulg‘aygan sari kasallikka chalinish xavfi kamaya boradi, biroq xastalik turli yoshdagi kishilarda birdek uchrashi ham mumkin. Ayniqsa, yoz oylarida va mavsumiy ichak infeksiyalari avj olgan mahal ko‘payadi. Kasallik bir yil davomida saqlanadigan immunitetni shakllantiradi.

Salmonellyozning turli bosqichlardagi alomatlari

Salmonellyozning inkubatsiya davri odatda 6 soatdan ikki sutkagacha davom etadi. Alomatlari uning shakliga ko‘ra tavsiflanadi va quyida uning mos klassifiaktsiyasi keltirilgan:

Gastrointestinal salmonellyoz.

Kasallikning mazkur shakli ko‘proq uchraydi. Dastlab xastalik shiddat bilan rivojlanadi va ovqatdan zaharlanishga o‘xshaydi. Bemorda titroq, varaja, boshog‘rig‘i, a’zoyi badanning og‘rishi kuzatiladi. Keyin oshqozon-ichak tizimining buzilishi – qorinda og‘riq, qayt qilish (hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari aralashmasi bilan, so‘ngra safroli), ichburug‘ (ko‘piksimon, shilimshiqli, yashil tusli o‘tkir hidli axlat suyuqligi, keyin suv aralashmali axlat). Ich ketishi yanada tezlashadi, miqdori kamayadi. Bemor og‘zi qurib, qorin sohasini bosganda og‘riq sezadi; tili oqaradi hamda qorin dam bo‘lib, quldiraydi. Ichburug‘ bir necha kun o‘tib to‘xtaydi. Bemor organizmidagi mineral tuzlar ich ketishi asnosida keskin kamayadi (degidratatsiya). Modda almashinuvi buzilib, tomir va mushaklar tortishuvi hamda tirishuv, taxikardiya kuzatiladi, qon bosimi pasayadi. Ba’zan bemor hushidan ketishi mumkin, boshi aylanishi hamda asabiylashishi kuzatiladi. Kasallik boshlanganidan 5 kun o‘tib, katta yoshdagilarning ahvoli sekin-asta me’yorga kela boshlaydi, biroq salmonellyozning barcha alomatlari ikki haftalardan keyingina yo‘qoladi.

Yengil shakli. Gastrointestinal salmonellyoz kattalarda kuchsizroq alomatlarda kechadi: tana harorati ko‘tarilmaydi, bemorda kamroq holatlarda ko‘ngil aynishi, ichburug‘ bir kunda 2-3 martagacha kuzatiladi. Bunday hollarda kasallikning yuqori nuqtasi birinchi yoki ikkinchi kunda kuztailadi va salmonellyoz alomatlari kasallik boshlanganidan 3 kun o‘tib ortga chekina boshlaydi.

Og‘ir ko‘rinishi. Bunday holatda bemorni qattiq titroq (varaja) bosadi, tez-tez ko‘ngil aynib, qayt qiladi, bir sutkada kasal 20 martgacha hojatga chiqishga majbur bo‘ladi. Bemorning qon bosimi keskin tushib ketadi va umumiy holsizlik yuzaga keladi. Kasallikning mazkur ko‘rinishi dizenteriya bilan umumiylikka ega.

Terlamasifat salmonellyoz

Boshlanishida mazkur xastalik gastrointestinal salmonellyozni eslatadi: bemorni varaja tutadi, aniq zaharlanish belgilari zohir bo‘ladi, jumladan kishi hushdan ketishi mumkin, gastroenterit alomatlari kuzatiladi. Bir necha kundan keyin bu alomatlar biroz kuchsiz ko‘rinish bera boshlaydi, biroq to‘lqinsimon titroq tuta boshlaydi. Zaharlanishdan taxminan bir haftalar o‘tgach qorinda toshmalar paydo bo‘lishi mumkin va ular ikki-uch sutkadan keyin yo‘qoladi. Til kulrang yoki malla tus oladi, teri oqarib ketadi, jigar va taloq kattalashadi, qorin shishadi.

Septik salmonellyoz. Kasallikning mazkur turi kam, asosan keksa yoshdagi, immuniteti susaygan, bemor hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydi. Uzoq muddatli varaja, doimiy titroq, kuchli terlash, mushaklarda og‘riq va tananing sarg‘ayishi kabi alomatlar bilan o‘tadi. Plevrit, pnevmoniya, endokardit, yumshoq to‘qimalar abtsessi va flegmonlar, pielonefrit, tsistit, iridotsiklit rivojlanadi.

Alomatsiz salmonellyoz. Salmonellyozning bu shakli odatda organizmga kam miqdorda salьmonella tushgan mahal ro‘y beradi. Salomatligi mustahkam kishilar bu xastalikni tezda engadi.

Bakteriya tashuvchanlik. Kasallikning bu shaklida esa kishi organizmida salьmonella mavjud, biroq u kasal emas va bakteriya sekin asta axlat bilan organizmdan chiqib ketadi. Bu holat bir necha kundan bir nech oyga (o‘tkir tashuvchanlik) yoki bir yilgacha cho‘zilishi mumkin (surunkali tashuvchanlik).

Salmonellaning MKB-10 bo‘yicha kodi – A 02.0 (salmonellyoz enterit).

Bolalar salmonellyozi.

Bolalarda salmonellyozning inkubatsiya davri to‘rt sutkagacha davom etishi mumkin. Konkret alomatlari va kasallikning kechishi bola yoshiga bog‘liq. Kasallik emizikli go‘daklar va 12 oylikdan kichik bolalarda og‘irroq kechadi.

Bolalarda salmonellyoz alomatlari:

  1. Dastlabki kunlari bola holsizlanadi va tana harorati ko‘tariladi (39 °Sga qadar).
  2. Tez-tez yig‘lab, injiqlanadi, ovqat yeyishdan bosh tortadi.
  3. 2-3 kundan keyin ichburug‘ boshlanadi, ich ketishi kuniga 10 marotabagacha kuzatiladi. Axlat tusi boshqa salmonellyoz turlari ko‘rinishida (yashil, suvli).
  4. Ettinchi kunga kelib axlatda qon aralashmasi kuzatiladi. Bolalarda salmьonellyozga vaqtida chora ko‘rilmasa va davolash boshlanmasa bola hayotiga o‘ta xavf solishi va o‘lim holatigacha olib kelishi mumkin.
  5. Dastlabki alomatlardanoq zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. Bolalar shifokoriga ko‘rsatib, imkon qadar boshqa bolalar bilan muloqotini cheklang.
  6. Salmonellyozni aniqlash.

Kasallik axlat va qayt massasini tadqiq qilish yo‘li orqali tashxislanadi. Generalitsiyalangan shaklida bakteriyalar bor yo‘qligini aniqlashda qon tahlili ham o‘tkaziladi. Qator holatlarda salmonellyozni safro, shuningdek oshqozon yoki ichaklar yuvilgan suvdan ham aniqlash mumkin.

Salmonellyoz aksilgenlari bor-yo‘qligini aniqlashtirish uchun immunologik rektsiyalar, masalan immunferment tahlil, polimeraz-zanjirli reaksiya qo‘llaniladi. Tashxisni tasdiqlash uchun bir necha kun oralatib qondagi aksilmoddalar tahlili o‘tkaziladi. Shuningdek, maxsus ekish tahlili ham samara beradi. Sanitar-epidemiologik ekspertiza tayinlanib, kasallanganlar soni aniqlanadi va kasallikka sabab ehtimoli mavjud mahsulotlar o‘rganiladi.

Bundan tashqari suvsizlanish darajasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun qonning ivuvchanligi, kislota-sho‘rlanish va elektrolit balans aniqlanadi. Mabodo salmonellyoz asoratli kechayotgan bo‘lsa, kardiolog, urolog, nefrolog va boshqa tor mutaxassilar bilan maslahatlashish zarur (asoratlarga qarab).

Salmonellyozni davolash

Odatda salmьonellyoz bilan og‘rigan katta yoshdagilar ambulator davolanadi, suvsizlanish me’yorida va og‘ir holatlarda yotish tavsiya etiladi. Bolalar statsionar davolanishi talab etiladi. Buning uchun:

  1. Etiotrop davolash (maqsad – infeksiya qo‘zg‘atuvchilarini yo‘q qilish).
  2. Patogenetik davolash bir necha yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
  • Organizmda suv va tuzlar regidratatsion balansini tiklash, suvsizlanishni to‘xtatish; vena orqali eritma yuborish yoki ko‘proq suyuqlik ichish.
  • Qon va to‘qimalarni salьmonella rivojlanishi va yallig‘lanishni qo‘llab-quvvatlovchi zaharli mahsulotlardan tozalash uchun dezintoksikatsion tadbirlar.
  • Sorbent preparatlar: masalan, ichaklardan bakteriyalarni chiqarish uchun Filtrum.
  • Fermentli preparatlar: ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini qiyinlashtiruvchilardan xalos qilish maqsadida Mikrazim.
  • Og‘ir generalizlangan holatlarda ftorxinol guruhdagi antibiotiklar, sog‘ayish mahali proibiotiklar qabul qilish tavsiya etiladi.

ФильтрумFiltrum patogenetik terapiya vositalariga kiradi, ya’ni kasallik rivojlanishi jarayonini to‘xtatadi va sog‘ayishni tezlashtiradi. Sorbent ta’sirli mazkur preparat salьmonella chiqitlari va uning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan zarrachalarni hamda to‘liq hazm bo‘lmagan ozuqaviy mahsulotlarni yig‘ib oladi. Salmonellyozda Filtrum 5-7 kun davomida qabul qilinadi. Qabul qilish miqdori va oralig‘i bemor yoshiga bog‘liq. Preparat qorin dam bo‘lishi, ichburug‘ni tezda bartaraf etadi, umumiy holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Preparat ta’siri samaraliroq bo‘lishi uchun uni boshqa dori vositalari qabul qilinguniga qadar bir soat oldin ichish tavsiya etiladi.

Oziq-ovqat sanoati va unga yaqin korxonalar xodimlarida salmonellyoz ehtimoli aniqlansa, ular tezda kasalxonaga yotqiziladi.

Kasalxonada davolash kursi yakunlanganidan 2 kun o‘tgach bemordan tahlil uchun axlat olinadi va unda salьmonella tayoqchalari aniqlanmasa bemorning uyga ketishiga ruxsat beriladi. Oziq-ovqat sanoati xodimlarida esa ikki marta tahlil o‘tkazilib, kasallik aniqlanmagandagina kasalxonadan chiqariladi. Sog‘aygandan keyin ham ular muntazam dispanser ko‘rigidan o‘tib turishlari shart.

Bemor uyda davolansa oila a’zolaridan ajratib qo‘yilmaydi. Biroq bemor bilan muloqotda bo‘lgan bolalar hamda oziq-ovqat sanoatida ishlaydiganlar tekshiruvdan o‘tkazilishi shart.

Salmonellyozda parhez

Mazkur kasallikda oshqozon-ichak tizimini junbushga keltiruvchi va sut mahsulotlarni taomnomadan chiqarib tashlash lozim. Salmonellyozda ochlik mumkin emas. Aks holda organizm yanada kuchsizlanib, davolash muddati cho‘zilib ketadi.

Shuningdek achitish jarayonida ishtirok etadigan mahsulotlardan tiyilgan ma’qul (javdar noni, sut, suzma, yogurtlar, dukkaklilar, lavlagi, sho‘r karam, rediska, tsitrus mevalar, olxo‘ri, uzum, sho‘rvalar, yog‘li go‘sht va baliq). Achchiq va sho‘r taomlar, spirtli ichimliklar umuman mumkin emas.

Ogohlantirish

Ogohlantirish

Uy sharoitida salmonellyozga chalinib qolmaslik uchun ichak kasalliklaridan ogohlantiruvchi bir necha qoidalarga amal qilish zarur:

  • Ovqatdan oldin qo‘llarni tozalab yuving (kasallikka chalinmaslikning eng oson va samarali usulini bolalarga yoshligidan o‘rgatish shart).
  • Xom go‘sht va baliqni bo‘laklashda turli pichoqlardan foydalanishni o‘rganing. Go‘shttaxta ham alohida bo‘lishi kerak. Go‘sht yoki baliq bo‘laklanganidan keyin, darhol taxtalarni oqar suv ostida tozalab yuving va ustidan qaynoq suv quying.
  • Chala pishgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilmang. Har qanday go‘sht va tovuq go‘shtini kamida 60 daqiqa pishiring.
  • Xom tuxumdan ehtiyot bo‘ling. Tuxumni 20 daqiqa davomida qaynatish tavsiya qilinadi. Ovqat tayyorlash uchun xom tuxum talab etiladigan bo‘lsa, tuxumni sovunli suvda yuving.
  • Sutni qaynatib iching. Noma’lum ishlab chiqaruvchilarning sut mahsulotlari, pishlog‘ini iste’mol qilmang. Bozorda sotiladigan sut va sut mahsulotlaridan ehtiyot bo‘ling.
  • Notanish umumiy ovqatlanish shaxobchalari, umumiy oshxonalardan uzoqroq bo‘lishga harakat qiling. Yoz oylarida ko‘chada tayyorlangan taomlardan iste’mol qilmang.

 

Muhim: qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki mutaxassis maslahatini oling.