Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Qayt qilish

Qayt qilish

Qayt qilish refleksi

  1. Qayt qilish refleksi
  2. Sabablari
  3. Bolalardagi qayt qilish
  4. Alomatlari
  5. Og'ir holatning belgilari
  6. Qayt qilishning og'irlashishlari
  7. Davolash
  8. Birinchi yordam
  9. Qayt qilishda «Filtrum»ni ishlatish
  10. Qayt qilish profilaktikasi

Oshqozon ichidagi moddalarning og'iz orqali tashlab yuborilishiga olib keladigan,oshqozon mushaklarining shiddatli qisqarishi yoki qayt qilish-bu reflektor himoya jarayonidir. U organizmni yig'ilib ketgan toksik moddalardan tozalash uchun kerak.Lekin toksinlarni chiqarib tashlash bilan bog'liq bo'lmagan,patologik qayt qilish ham uchrab turadi.

Qayt qilish ovqat bilan zararli modda iste'mol qilganda, bir marta bo'lishi mumkin.Qaytalanish alomatlari ko'p hollarda, turli xil hamroh kasalliklar bilan bog'liq bo'ladi.Ko'p qayt qilish suvsizlanish va organizm uchun kerakli tuzlarni yo'qolishiga olib kelishi mumkin,bu esa hayot uchun xavflidir.

Qayt qilish refleksi

Qayti qilish markazi bosh miyada joylashgan.U nerv yo'llari orqali ichki a'zolardan (halqum, hazm qilish a'zolari,yurak-qon tomir tizimi,o't chiqarish yo'llari) signallar oladi.Uning sohalaridan biri, qon tarkibidagi kimyoviy moddalarga javob beradi.Qayt qilishga boshqa nerv markazlarining ta'sirlanishi ham sabab bo'lishi mumkin,masalan,yoqimsiz hid.

Qayt qilish markazi bu signallarni tahlil qiladi va qayt qilish jarayonida ishtirok etadigan,qorin devorlari mushaklariga,oshqozon va boshqalarga,impuls yuboradi.Bu impulslarning tarqalishida modda- neyrotransmitterlarning o'rni muhimdir.Bu dofamin,serotnin,gistamin, endogen opiatlar va boshqalar.Ko'p zamonaviy qayt qilishga qarshi dorilar aynan shu mediatorlar va ularning retseptorlariga ta'sir qiladi.

Sabablari

Qayt qilish o'zicha hech qanday kasallik emas, faqatgina turli xil patologiyalarning alomatlaridan biri bo'lib xizmat qiladi:

  • infeksiyalar: virus va bakteriyalar (stafilokokklar,salmonellalar va boshqalar) odamning qoniga,qayt qilish markazini faollashtiruvchi toksinlarni ajratib chiqaradi;
  • dorilarning nojo'ya ta'siri (digoksin,eufilin, sitostatiklar;
  • o'tkir gastrit (oshqozon shilliq pardalarining yallig'lanishi;
  • Kron kasalligi,o'simta,yarali kasallikda ovqatning oshqozondan 12-barmoqli ichakka me'yoriy o'tishining buzilishi;
  • ingichka ichakning churra tushishi,ichaklar buralib qolishi,bir birning oralig'iga kirib qolganda,berkilib qolishi;
  • salbiy psixogen ta'sir,kuchli siqilish;
  • nerv tizimining kasalliklari (Mener kasalligi,meningit,ensefalit,miya o'simtasi,miya-bosh shikastlanishi,boshsuyak ichki bosimining ko'tarilishi,vestibulyar a'zoning shikastlanishi);
  • gormonal va psixologik buzilishlar natijasidagi homiladorlik,kam hollarda jigar yog' moddalar almashinuvinig o'tkir buzilishi rivojlanganda;
  • endokrin kasalliklar (Addison kasalligi, qalqonsimon bez faoliyatining zo'rayishi, perefirik neyropatiyali qandli diabet);
  • miokard,o't pufagi,qorin pardasi,oshqozonosti bezi retseptorlari ta'sirlanganda(pankreatit, xolesistit,o't suyuqligi turib qolishi,ko'richak, buyrak sanchiqlari) paydo bo'ladigan vitseral og'riq;
  • nurlanish kasalligi yoki nur bilan davolash kurslari;
  • qayt qilishning kam uchraydigan sabablari- yurak xuruji,pnevmoniya,kuchli quruq yo'tal, septik holat,bulemiya,saratondagi kimyoviy davolash.

Bolalardagi qayt qilish

Bir xil vaqtda qayt qilishni,go'daklarda ko'p uchraydigan kekirish bilan adashtirib yuborish mumkin.Kekirish,ovqatlangandan keyin darhol sodir bo'ladi,bunda ajraladigan suyuqlik miqdori esa ko'p emas,kekirish uchun «favvorali» xususiyat odatiy emas.

Bolalardagi qayt qilish

  • Hayotning 2-3 oyidagi kuchli oqimli qayt qilish,qorin bo'yni-oshqozon 12-barmoqli ichakka o'tadigan joyi torayishining belgisi bo'lishi mumkin. Bunday holatni davolash faqat jarrohlik yo'li bilan amalga oshiriladi.
  • Agar qayt qilish og'riq bilan bog'liq bo'lsa, bola doimiy yig'lasa,axlati tarkibida qon belgilari bo'lsa,bu ichaklar bir-birining oralig'iga kirib qolganini namoyon qilishi mumkin.Bunday kasallik jarroh bilan maslahatlashishni talab qiladi.
  • Agarda bolada bir vaqtda qayt qilish va ich ketishi sodir bo'lsa, bu virusli infektsiyaning alomatidir.Bunday holat bir kundan ortiq davom etsa,bolada suvsizlanish rivojlanishi mumkin.U og'iz shilliq qavatining quruqligi, qo'ltig'osti va chovda terlashning yo'qligi,ko'zlar kirtayishi, kuchsiz yig'i,past mushak tonusi bilan birga keladi. Bunday alomatlar paydo bo'lganda, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.

Alomatlari

Ko'p hollarda qayt qilishdan oldin,ko'ngil aynishi kuzatiladi.Bu holat ham, ayan o'sha nerv markazining kamroq darajada ta'sirlanishi bilan bog'liq deb hisoblanadi.

Qayt qilish qistaganda,ko'krak pardasi,qorin va ko'krak devori mushaklari qisqaradi.Keyin qizilo'ngachning aylanma mushaklari bo'shashadi,va ovqat bosim ostida tezlik bilan og'izdan chiqib ketadi.Bu holadta hech narsa odamga bog'liq emas.

Bir vaqtda quyidagi alomatlar rivojlanishi mumkin:

  • ko'p so'lak ajralib chiqishi;
  • yurak urishining tezlashishi;
  • tana harorati ko'tarilishi;
  • ich kelishiga qistov.

Qaytalangan qayt qilishda,ichki a'zo funksiyalari va moddalar almashinuvining chuqur buzilishi yuzaga keladi:

  • oshqozon nordon suyuqligidan muntazam ta'sirlanish natijasida,tish emalining ingichkalashib ketishi;
  • qayt qilish paytida ko'krak bo'shlig'ida bosimning tez ko'tarilishi natijasida,yuz va bo'yin terisining qizarishi va tananing tepa qismidan vena qon oqimining buzilishi;
  • vazn kamayishi,mushaklar kichiklashishi, quruq teri,sochlar siniqligi va ozuqa mahsulotlari yetishmochiligining boshqa belgilari;
  • ichkihujayradagi suyuqlikning yo'qolishi bilan suvsizlanish;
  • qon tarkibida natriy va kaliy miqdorining kamayishi,qondagi ishqorli ta'sirlanishning ko'payishi;
  • qon ketishi bilan og'irlashishi mumkin bo'lgan, oshqozon va qizilo'ngachning shikastlanishi, masalan,Mellori-Veys sindromi.

Og'ir holatning belgilari

Qayt qilish-ancha ko'p uchraydi, va har doim ham darhol davolashni talab qilmaydi. Ammo shunday holatlar bo'ladiki, darhol shifokorga murojaat qilish kerak:

  • alomatlar 1 kundan ortiq davom etishi;
  • oziq-ovqatdan zaharlanishdan shubhalanish;
  • kuchli bosh og'rig'i va/yoki bo'yin egilishidagi qiyinchiliklar bilan keladigan qayt qilish;
  • qorindagi kuchli og'riq bilan kuzatiladigan qayt qilish;
  • qayt qilish odam holatini yengillashtirmaydi.

Tibbiy yordam olish uchun darhol murojaat qilish kerak bo'lgan yana bir holat- qusuq tarkibida qon bo'lishi, bu holatda:

  • ko'p miqdorda och qon ajralib chiqishi mumkin;
  • bemor to'qroq tusdagi qon quyqalarini tuflaydi;
  • bemor kofe quyqasiga o'xshagan, modda ajratib chiqaradi.

Qon bilan qayt qilish, odatda oshqozon yarasi kasalligi va qizilo’ngachning kengaygan tomirlarining uzilishi holatlarida uchraydi. Shuningdek, oshqozon saraton o'simtasining parchalanishida ham uchraydi. Bunday holat ko'pincha,bosh aylanishi va holsizlikni keltirib chiqaradi va darhol shifoxonaga joylashtirishni talab qiladi.

Qayt qilishning og'irlashishlari

Qayt qilish bilan bog'liq bo'lgan, eng ko'p uchraydigan og'irlashish-suvsizlanishdir. U quyidagi belgilar bilan namoyon bo'ladi:

  • og'iz quruqligi;
  • mushak holsizligi,tortishuvchi titrashlar bo'lishi mumkin;
  • siydikning to'qlashishi,miqdorining kamayishi;
  • bosh og'rig'I;
  • hayol chalkashligi.

Bu og'irlanish, ayniqsa bolalar uchun xavfli, chunki ularning organizmida suyuqlik kamroq bo'ladi. Bolada qayt qilish va suvsizlanish alomatlari paydo bo'lganda, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Qaytalanuvchi qayt qilishning eng asosiy og'irlanishlaridan biri-ozuqaviy moddalarning yetishmovchiligidir. Bu holatda bemorlar holsizlik, vazn kamayishi, nafas qisishi va tez toliqishdan shikoyat qiladilar.

Davolash

Qayt qilishni yo'qotish uchun,unga sabab bo'lgan kasallikni davolash,hamda organizmdagi tuz va suyuqliklarning yetishmovchiligini yo'qotish kerak. Bu maqsadda, dorixonadan, maxsus tuzli eritmalarni sotib olish mumkin. Og'ir holatlarda suyuqlik va tuzlarni vena orqali kiritish tayinlanadi. Qayt qilishda antiemetiklar (qayt qilishga qarshi) guruhiga kiruvchi dori vositalari qabul qilinadi.

Hazm qilish a'zolari yuklamasini pasaytirish uchun, shifokor ko'rsatmasiga ko'ra, ferment vositalar, masalan, Mikrazim qabul qilish mumkin. Qayt qilish paytida, vaqtincha og'ir, qattiq, yog'li, o'tkir ta'mli va boshqa ta'sirlantiruvchi mahsulotlarni iste'mol qilmagan ma'qul. Boshidagi ikki kun ichida sut mahsulotlarini iste'mol qilmaslik maqsadga muvofiqdir.

Birinchi yordam

Odamda qayt qilish boshlanganda, quyidagi choralarni ko'rish kerak:

  • bemornining boshi va ko'krak qafasi sal ko'tarilgan holatda yonboshiga yotqizish, to'shak yonida toza tog'ora yoki chelak qo'yish;
  • agar bemor xushsiz bo'lsa, boshini tepaga qaratmasligini nazorat qilish kerak, chunki qusuq moddalar nafas yo'liga tushishi mumkin, bemorni bir o'zini qoldirmaslik;
  • qayt qilgandan keyin, bemorga og'zini chayish uchun bir choy qoshiq ozuqaviy soda eritilgan, bir stakan iliq suv beriladi;
  • keyin bemorning yuzi va lablari toza sochiq bilan quritiladi;
  • qusuq moddalar orasida qon paydo bo'lganda, ko'krak suyagining pastki qismi va qilichsimon o'sik sohasiga sovuq kompress qo'yish kerak, yoki yutish uchun mayda muz bo'laklarini berish kerak;
  • agar qayt qilish to'xtamasa, zudlik bilan shifokorni chaqirish.

Qayt qilishda «Filtrum»ni ishlatish

«Filtrum» preparati oshqozon va ichakda joylashgan toksinlarni, o'z yuzasida cho'kishiga (adsorbatsiya) imkon beradi. Shuning uchun, u tibbiyotda endogen va ekzogen intoksikatsiya, natijasida yuzaga kelgan qayt qilishni davolashda va profilaktika uchun qo'llaniladi.

«Filtrum» quyidagi sabablardan yuzaga kelgan qayt qilishda yordam beradi:

  • oziq-ovqat yoki alkogoldan zaharlanish;
  • maishiy intoksikatsiya;
  • o'tkir infeksion kasalliklar;
  • yaqinda qabul qilingan dorining nojo'ya ta'sirlari;
  • metabolitik buzilishlar, masalan, uremiya (buyrak yetishmovchiligi).

«Filtrum»ni dozasini qo'llanmaga qarab kamaytirib,bolalarga ham berish mumkin, hamda homilador ayollarga, shu jumladan, toksikoz sababli qayt qilishda ham berish mumkin

Qayt qilish profilaktikasi

Bu alomatning paydo bo'lish ehtimolini kamaytirish uchun, kasallikning sababiga ta'sir qilish kerak.

Bundan tashqari,qayt qilish quyidagilar tomonidan qo'zg'atilishi mumkin:

  • alkogolni haddan ortiq iste'mol qilish;
  • ko'p ovqat yeb qo'yish;
  • shaqiqa;
  • ovqatdan keyin jismoniy yuklama;
  • kuchli hissiyotli siqilish;
  • o'ta issiq, achchiq yoki o'tkir ta'mli ovqatni iste'mol qilish;
  • uyqu yetishmasligi.

Sog'lom turmush tarziga odatlanish, qayt qilish paydo bo'lish ehtimolini kamaytiradi. Intoksikatsiya sababchisi bo'lgan, bakteriyalar va virusli infeksiyalardan saqlanish uchun, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, ovqatlanishdan oldin qo'llarni yuvish, yangi mahsulotlarni iste'mol qilish kerak.

 

Muhim: qo’llashdan oldin yo’riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.