Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Ichburug‘ (Diareya)

Ichburug‘ (Diareya)

  1. Ichburug‘ nima?
  2. Ichburug‘ sabablari
  3. Ichburug‘ turlari
  4. Ichburug‘ alomatlari
  5. Xavfli alomatlari
  6. Ichburug‘ni davolash
  7. Ichburug‘ profilaktikasi

Ichburug‘ (Diareya)

Ichburug‘ (diareya) xalq orasida ichog‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funktsional buzilishi hisoblanib, ichaklarni bo‘shatish va ichning suyuq holatda kelishi bilan kechadi. Ko‘pgina hollarda ichburug‘ ovqatdan zaharlanish, shuningdek, xatarli patalogiyalar, misol uchun, surunkali gepatit, pankreatit va boshqa infektsion-yallig‘lanish kasalliklarining alomati bo‘lishi mumkin.

Ichburug‘ nima?

Ichaklarning normal faoliyati buzilganda ovqat hazm qilish jarayoni tezlashadi. To‘liq parchalanmagan ovqat qoldiqlari axlatga aylanib, achish jarayoni vujudga keladi hamda suyuq axlat chiqishi tezlashadi. Hojat xarakteri ichburug‘ sabablariga bog‘liq bo‘lib, har bir konkret vaziyatda axlat suyuqligi, hidi, miqdori, turli aralashmalar, masalan, suyuq shilimshiq singari, ko‘rinishlarda bo‘ladi.

Yyengil shakldagi ichburug‘ aslini olganda, aytarli xatarli emas va dori-darmon qo‘llanganda tezda muammo hal bo‘ladi. Organizmning muhim hayotiy ahamiyatga ega mikroelementlar va ich ketishining doimiy hamrohi – suvsizlanish salomatlikka jiddiy xavf soladi. Shuning uchun uy sharoitida ich ketish mahali nimalar qilish kerakligi, dori qutisida qanday dori vositalari bo‘lishi va kelajakda mazkur holatning oldini olish uchun qo‘llanajak tadbirlardan xabardor bo‘lish lozim.

Ichburug‘ sabablari

Ichburug‘ sabablari

Ichburug‘ kishida haddan ziyod ovqat iste’mol qilgani, qahva yoki alkogolli ichimliklarni ko‘p miqdorda ichgani, yog‘li taomlar sababli kelib chiqishi mumkin. Odatda bu holat tezda o‘tib ketadi va davolash uchun aytarli muammolar paydo bo‘lmaydi. Boshqa hollarda esa ichburug‘:

  • Virusli, bakterial, parazitar va zamburug‘li infektsiyalar;
  • Organizmning zaharli moddalar va tibbiy preparatlar bilan zaharlanishi;
  • Sifatsiz suv va oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli;
  • Oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy preparatlarga allergiya
  • Oshqozon va jigar faoliyatining buzilishi;
  • Ingichka va yo‘g‘on ichaklar kasalliklari;
  • Ichak yallig‘lanishi sindromi;
  • Surunkali pankreatit;
  • O‘simtalar;
  • Stresslar tufayli paydo bo‘lishi mumkin.

Har bir holatda ichburug‘ o‘ziga xos va boshqa salbiy qo‘shimchalar, masalan, qayt qilish, qorinda og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi sinagri alomatlar bilan bilan o‘tishi mumkin.

Ichburug‘ turlari

Ichburug‘ turlari

Ichburug‘ o‘tkir va surunkali bo‘ladi. Birinchi holatda ich buzilishi bir marta ro‘y berib, bir necha kun yoki ikki haftagacha davom etishi mumkin. Viruslar, bakteriyalar, ovqatdan zaharlanish yoki allergiya unga sabab bo‘ladi. Tegishli parhez va ich ketishga qarshi vositalar yordam beradi.

Surunkali ich buzilishi esa uzoq hamda ozroq muddatli qaytalanishlar bilan davom etishi xarakterlanadi. Ich bir oy davom etishi, ba’zan o‘tkzib yuborilganda esa yillab davom etadi. Odatda bunga oshqozon-ichak yo‘llarining jiddiy xastaliklari sabab bo‘lib, uni mutaxassislargina aniqlashi va tegishli muolajalar tavsiya qilishi mumkin.

Ichburug‘ alomatlari

Kattalarda ichburug‘ alomatlari quyidagi salbiy ko‘rinishlar bilan xarakterlanadi:

  • Darmonsizlik va varaja;
  • Tez-tez hojatga chiqish;
  • Oshqozonda sanchiq;
  • Qorin dam bo‘lishi;
  • Ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
  • Bosh og‘rig‘i;
  • Tananing yuqori harorati.

Bunday holatlarda bemorga ichburug‘ga qarshi ishonchli va ma’lum dori vositasini berish, haroratni tushiruvchi dori va ko‘p miqdorda suyuqlik ichirish tavsiya qilinadi. Bemorga tinchlik lozim.

Xavfli alomatlari

Ko‘pgina holatlarda ichburug‘ mahali tana harorati ko‘tarilmaydi va bu immun tizimining kuchsizligidan dalolat beradi. O‘z navbatida organizmning turli yot virus va infektsiyalarga kurashuvchanligi pastligini ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Quyidagi ko‘rinishlar bilan kechayotgan ichburug‘da zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish kerak:

  • Axlatning suv aralash kelishi;
  • Organizm suvsizlanayotgani alomatlari (peshobbning to‘q ranggi, ko‘karish, mushak tortishuvlari, chalg‘ib ketish);
  • Ichning qon yoki shilliq aralash kelishi;
  • Axlatning qoramtir tusdaligi (ichki qon ketish xavfi);
  • Oq rangda ich kelishi (o‘t yo‘llarini tosh yoki o‘simta to‘sgan bo‘lishi mumkin);
  • Qorinda doimiy og‘riq.

Yuqoridagi alomatlar Afrika yoki Osiyo mamlakatlariga sayohatdan qaytgan kishida kuzatilsa, bemor tezlik bilan kasalxonaga yotqizilishi kerak.

Bolalarda ichburug‘ mahali ichdan kelayotgan massa ranggi va holati kasalik sabablarini aniqlashda yordam beradi:

  • Pushtirangli axlatga - dizenteriya;
  • Axlatning yashil tusdaligiga - stafilokokklarning ko‘payotgani;
  • Kulrang ko‘pikli axlat - organizmga rotavirusov tushgani;
  • Hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari aralash, yog‘li axlat esa - bola organizmning taomnomadagi u yoki bu taom yoki masulotni hazm qilmayotganini dalolatlaydi.

Bolalarda ichburug‘ axlatning o‘ziga xos rang va hidli bo‘lishining sabablaridan yana biri disbakterioz hisoblanadi. Tashxisni mutaxassis tasdiqlashi va shunga muvofiq davo muolajalarini belgilashi lozim.

Ichburug‘ni davolash

Uy sharoitida ichburug‘ni davolashga kirishishdan oldin, albatta, uning kelib chiqish sabablarini aniqlash ahamiyatga ega. O‘tkir ichburug‘ kattalarda kuzatilsa, muolajalarni Filtrum qabul qilishdan boshlash mumkin.

Tabletka ko‘rinishidagi tabiiy sorbent ichburug‘ni samarali to‘xtatadi, ko‘plab patogen mikroorganizmlar ko‘payishining oldini oladi, mahalliy immuntitetni mustahkamlaydi, ichaklar siqilib-ochilishini me’yorlashtiradi hamda ichaklar mikroflorasini o‘zgartirmaydi.

Ichburug‘da bemorning ko‘ngli ayniyotgan bo‘lsa, bu organizmning toksinlardan tabiiy ravishda xalos bo‘lishga intilishi, deyish mumkin. Ich ketish va qayt qilish mahali organizm suvsizlanib qolishining oldini olish lozim. Bunday paytda tabiiy sabzavot sharbatlar, gazlanmagan, tindirilgan suv ichiriladi. Tana harorati yuqori bo‘lganda esa issitmani tushiruvchi dorilar tavsiya qilinadi.

Ichburug‘ payti qorin og‘risa-og‘rimasa oshqozon-ichak tizimiga beriladigan bosimni imkon qadar kamaytirish kerak. Taomnomadan yog‘li, qovurilgan, shirin, achchiq va o‘tkir taomlar hamda ziravorlarni chiqarib, qora non, sut va sut mahsulotlari, qahva va alkogoldan tiyilish shart.

Diareya bilan oziq-ovqat

Ichburug‘ni davolashning dastlabki haftasida quyidagi parhezga rioya qilish lozim:

  • Bug‘lab pishirilgan parhez go‘sht;
  • Yog‘siz sho‘rva;
  • Qaynatilgan guruch xo‘rda;
  • Qoqnon;
  • Banan;
  • Qirg‘ichdan o‘tkazilgan olma.

Yuqorida keltirilgan xatarli alomatlar kuzatilganda bemorga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish zarur. To‘g‘ri tashxis ich buzilishining asl sabablarini tezroq aniqlash va tegishli hamda samarali davolash muolajalari belgilash imkonini beradi. Har bir bemorga holati va kasallik sabablariga muvofiq individual dori vositalari, antibiotiklar, probiotik va sorbentlar belgilanadi.

Ichburug‘ profilaktikasi

A 08 MKB-10 kodli ichak infektsiyalari va boshqa viruslardan aziyat chekmaslik uchun quyidagi, aytarli qiyin bo‘lmagan tavsiyalarga amal qilish talab etiladi:

  • ovqatdan oldin qo‘llarni sovunlab tozalab yuvish;
  • qayntilmagan suvni ichmaslik;
  • eski va muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik;
  • sabzavot va mevalarni iste’mol qilish va ovqatga ishlatishdan oldin tozalab yuvish.

Profilaktika sifatida tabiiy sorbentlar, masalan, Filtrum preparatini kurs tariqasida qabul qilish mumkin. Shuningdek, uy dori qutisida ehtimoliy ichburug‘dan himoyalanish sifatida, mazkur dori vsoitasini doim saqlash foydadan xoli emas. Salomatlik haqida vaqtida qayg‘urib hamda shaxsiy gigiyena talablariga doimo rioya etib, har qanday kishi turli noxush holatlar, masalan, ichburug‘dan o‘zi va oila a’zolarini ishonchli himoya qila oladi.

Muhim: qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor mutaxassis maslahatini oling