Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Boshog‘rig‘i

Boshog‘rig‘i

  1. Sabablari
  2. Alomatlari
  3. Boshog‘rig‘idan qutilish uchun dorilar
  4. Boshog‘rig‘iga uchramaslik uchun

Boshog‘rig‘i

Odatda, alkogolli ichimliklarni haddan ortiq ichgandan keyingi kun aynan shu holat yuz ko‘rsatadi. Boshog‘rig‘i turli darajada bo‘lib, aslida bu – zaharlanish bo‘lib, bunday paytlarda zarur malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak. Boshog‘rig‘i alomatlariga be’etibor bo‘lmaslik talab etiladi, chunki ular organizmda jiddiy buzilish ro‘y berganini ko‘rsatadi.

Sabablari

Boshog‘rig‘ining asosiy sababi – spirtli ichimlik ta’sirida organizm intoksikatsiyasidir. Ko‘p miqdorda organizmga tushgan etil spirtini jigar hujayralari zarur darajada parchalab, karbonat angidrid va suvga aylantira olmay qoladi. Oqibatda organizmda atsetalьdegid (alkogol parchalanishidan hosil bo‘ladigan mahsulot) to‘planadi va u boshog‘rig‘iiga sabab bo‘ladi. Aynan mazkur mexanizm orqali inson organizmi zaharlanganligi to‘g‘risida belgi beradi.

Agar inson organizmida alkogolga tobelik shakllangan bo‘lsa, boshog‘rig‘i mexanizmining rivojlanishi boshqacharoq. Etanolning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan atsetalьdegid lipidlar achishini tezlashtiradi va dofaminning miyadagi sintezini rag‘batlantiradi. Oqibatda esa vegetativ reaktsiya – qaltiroq, terlash, yurakda og‘riq, o‘limdan qo‘rquv va shunga o‘xshash alomatlar kuzatiladi. Lipidlarga boy jigar hujayralari aziyat chekib, buzila boshlaydi va ular o‘rnini bog‘lovchi to‘qimalar egallaydi. Natijada jigarning zararsizlantiruvchi funktsiyasi susaya boradi va piyonistalarda boshog‘rig‘i sindromi oz miqdordagi alkogoldan keyin ham kuchliroq namoyon bo‘ladi.

Alomatlari

Quyida “boshog‘rig‘i sindromi”ning asosiy belgilari keltiriladi:

  • tananing holsizligi va og‘irlik hissi;
  • boshog‘rig‘i va bosh aylanishi;
  • bo‘g‘im og‘riqlari;
  • kuchli chanqash;
  • ishtahaning yo‘qolishi;
  • haddan ziyod so‘lak ajralishi;
  • ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
  • ichburug‘;
  • nafas siqishi;
  • bo‘g‘imlardagi shishi;
  • nihoyatda terlash;
  • yuz qizarishi;
  • libido susayishi;
  • jizzakilik;
  • tremor;
  • tez-tez peshobga chiqish.

AlomatlariMazkur alomatlar kishining bir kun oldin haddan ziyod ko‘p spirtli ichimlik ichgani va organizmning alkogoldan zaharlanishga qarshi kurash olib borayotganidan darak beradi.

Boshog‘rig‘i sindromi darajasi alkogol tipi va uning miqdoriga bog‘liq. Qizil musallas bu borada nisbatan xatarsizroq bo‘lsada, boshog‘rig‘iga sabab bo‘luvchi tiramin saqlashini unutmang. Konьyak, viski, rom va shampan vinosi ko‘proq mazkur sindromga sabab bo‘luvchilardir.

Ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari boshog‘rig‘i sindromining asosiy ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Ular yordamida organizm toksinlardan xalos bo‘lishga urinadi, biroq ko‘p miqdorda qayt qilish organizmning suvsizlanishi, foydali moddalarning yuvilib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda insonda umumiy holsizlanish, oshqozon buzilishi va qon bosimining oshishi kuzatiladi. Shuningdek, ko‘z qizarishi va ishtahaning yo‘qolishi ham kuzatiladi. Haddan ortiq alkogolli boshog‘rig‘ida kishida tushkunlik, depressiya ro‘y berishi mumkin.

Alkogolizmga yo‘liqqan kishilarda boshog‘rig‘i mahali quyidagi og‘ir holatlar kuzatilishi mumkin:

  • qattiq qaltirash, terlash, yurakning tezroq urishi, kuchli hayajon holati;
  • tez, bir soat ichida hushining buzilishi, intellektual funktsiyalarda o‘zgarish, vaqt va makon tushunchalarida adashish;
  • eshitish, ko‘rish organlarida gallyutsinatsiyalar, o‘rgimchaklar yoki chumolilarning terisida o‘rmalayotganidek hissiyotlarning uyg‘onishi;
  • asossiz qo‘rquv, nimadandir himoyalanish yoki qochish;
  • kuchli hayajon fonida tomir va mushaklar tortishuvi, tutqanoq.

 

Boshog‘rig‘idan qutilish uchun dorilar

Boshog‘rig‘ini davolash organizmdan alkogol parchalanishi oqibatida hosil bo‘lgan zaharli moddalarni chiqarish hamda boshdagi og‘riq va boshqa noxush holatlarni bartaraf etish, organizmdagi suv balansini tiklash kabilarni o‘z ichiga oladi. Spirtni chiqarishda S vitamini muhim rolь o‘ynaydi va aynan mazkur darmondori umumiy holatning yaxshilanishini kafolatlaydi. S vitaminini tabletka yoki tsitrus mevalar yoxud nama’tak sharbati sifatida qabul qilish mumkin. Boshingiz og‘riyotgan bo‘lsa, ovqatdan so‘ng og‘riq qoldiruvchi dori tavsiya qilinadi.

Boshog‘rig‘ining oldini olish: Boshog‘rig‘idan qutilish uchun dorilar

Kechqurun spirtli ichimliklar iste’molidan keyin:

  • Filtrum sorbentini ko‘p miqdorda suv bilan ichish.

Ertalab:

  • issiq-sovuq dush qabul qilish;
  • boshog‘rig‘iga qarshi tabletkalar ichish;
  • qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, analьgetik yoki tomirlarni kengaytiruvchi preparat ichish tavsiya qilinadi.

ФильтрумOshqozon-ichak tizimi buzilganda va ko‘ngil aynishida boshog‘rig‘i sindromini tez bartarf etish qoidalari: organizmdan zararli moddalarni chiqarishni rag‘batlantiruvchi Filtrum tavsiya qilamiz. Filtrum – sorbent preparat. Presslangan tabletkalar sirtidagi mayda zarrachalar oshqozon va ichaklardagi toksik molekulalarni o‘ziga singdirib, chiqarishga yordam beradi. Filtrumni boshqa vositalardan alohida qo‘llash lozim. Shuning uchun bir necha tabletkani uyqudan uyg‘ongan zahoti etarlicha suv bilan qabul qilish kerak. Bir soatlardan keyingina boshqa vositalar qabuli tavsiya etiladi.

Alkogoldan kuchli zaharlanganda albatta shifokor yordami zarur. Buning uchun tibbiyot muassasiga murojaat qiling. Davolash organizmga vena orqali maxsus suyuqlik yuborish, yurak, o‘pka va miya faoliyatini rag‘batlantirish kabi muolajalarni o‘z ichiga oladi.

Ba’zi tijorat tibbiyot muasasalari uy sharotida davolash usullarini ham taklif qiladi. Bunda shifokor bemorning uyiga kelib, kasalxonaga yotqizmasdan zarur muolajalarni bajaradi.

Detoksikatsiya muolajalari majmuasiga: tiamin, psixotrop va nootrop preparatlar, eritma yuborish, entersorbentlar qabul qildirish, S vitamini kiradi.

Boshog‘rig‘ida ertalab yana alkogol ichib davolanish, alkogolizmning yaqqol ko‘rinishlaridan bo‘lib, bunday paytda albatta mutaxassis – narkolog shifokorga murojaat qilish lozim.

Ortiqcha spirtli ichimlik ichish oqibatida zaharlanish va alkogolizmni farqlay bilish ham muhim.

Boshog‘rig‘iga uchramaslik uchun:

  1. Alkogol iste’molidan bir-ikki kun oldin ozroq dengiz karami, dengiz mahsulotlari yoki feyxoa iste’mol qilish mumkin. Bu mahsulotlar ko‘p miqdorda yod saqlaydi va u iste’mol qilinadigan spirt achishini tezlashtiradi. Yod miqdori kuniga 10-12 mkg.ni tashkil etishi kerak.
  2. Kechki o‘tirishdan oldin ertalab, o‘t haydovchi – masalan, nama’tak shinnisi (ikki osh qoshig‘i etadi), jo‘xori popugi qaynatmasi yoki maxsus o‘t haydovchi to‘plam qaynatmasidan iching. Mazkur mahsulotlar o‘t haydashni tezlashtiradi va natijada, jigar va oshqozonosti bezi oldingiga nisbatan engilroq ishlaydi va alkogol bilan yaxshiroq kurashadi.
  3. O‘tirishdan oldin Filtrum qabul qiling. Tarkibidagi faol “Lignin” moddasi alkogol parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan zaharli moddalarni o‘ziga shimib, organizmdan tezroq chiqib ketishini rag‘batlantiradi.
  4. Alkogol iste’molidan oldin to‘yib ovqatlaning. Odatda, sutli va oqsilli mahsulotlar bunda qo‘l keladi. Ular oshqozon va ichaklar shilliq pardasini himoyalab, alkogolning sekinroq so‘rilishini ta’minlaydi. O‘tirish mahali yaxshilab gazak qiling. Kartoshka, go‘sht va boshqa yog‘li taomlar alkogol ta’sirini neytrallashtiradi. Tanaffus mahali odiy suv iching – bu organizm suvsizlanishining oldini oladi.
  5. Gazlangan alkogol mahsulotlarini haddan oshiq ichib yubormang va spirtli ichimliklarni gazli suvlar bilan birga ichmang. Karbonat angidrid alkogolning tezroq so‘rlishini rag‘batlantirib, ertalab boshog‘rig‘ini “kafolatlaydi”.

Boshog‘rig‘ida nima ko‘proq yordam beradi?Boshog‘rig‘ida nima ko‘proq yordam beradi?

Asosiy maslahat – me’yorni unutmang. Alkogol iste’moli haddan oshsa, yuqoridagi tartiblarga amal qilsangiz ham – ertalabki boshog‘rig‘i tayin.

Alkogol ichish mahali ko‘proq harakat qiling – raqsga tushing, toza havoga chiqing. Uyqudan oldin ochiq havoda bir muddat yayov yuring. Shu orqali alkogolning organizmga salbiy ta’sirini kamaytirasiz.

Yuqoridagilar intoksikatsiya darajasini ma’lum ma’noda susaytirib, ertalabki boshog‘rig‘i sindromining kamroq bo‘lishini ta’minlaydi.

 

Muhim: qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki shifokor-mutaxassis maslahatini oling.