Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Organizmni tozalash

Organizmni tozalash

  1. Organizmni tozalash uvhun parhez
  2. Organzimni tozalash uchun sorbentlar
  3. Detoksikatsiya uchun kerakli sharoitlar

Organizmni tozalash

Organizmga kelib tushadigan,zararli moddalarning ko'p qismi,jigarda kimyoviy o'zgarishga duchor bo'ladi va ichak orqali o't suyuqligi tarkibida chiqib ketadi.Odam uchun kerak bo'lmagan mikrob hujayralar va toksinlar, ortiqcha ozuqaviy xolesterin va boshqa substantsiya (qoldiqlar) ham shu yo'l bilan chiqarib tashlanadi.Buyrak yetishmovchiligi holatlarida,ichak bu organ vazifalarining bir qismini o'ziga olib,azot almashinuvi mahsulotlarini ajratib chiqaradi. Jigar yetishmovchiligida ham bu holat sodir bo'ladi.

Shuning uchun,organizmni tozalash birinchi navbatda,ichak faoliyatini tartibga solish va uning oralig'ida toksinlarni bog'lovchi,qo'shimcha vositalarni ishlatishni ko'zda tutadi.Yetarli miqdorda ozuqaviy to'qimalar va suv iste'mol qilish,sog'lom turmush tarzining majburiy sharti bo'lishi kerak. Qo'shimcha tarzda,organizmni muntazam ravishda sorbentlar yordamida tozalash foydalidir.

Organizmni tozalash uchun parhez

Rejali ovqat yeyish va ichimlik ichish tartibisiz organzimni to’g’ri tozalab bo’lmaydi. Mutaxassislar maslahatlari:

  • Ko'proq suv ichish,kuniga 2 litrdan kam emas yoki kun davomida tarvuz,qulupnay,bodring, pomidor iste'mol qilish.Suv toksinlarni zararsizlantirish bo'yicha kimyoviy ta'sirlarda ishtirok etib,ichak va buyraklarning odatiy faoliyatini saqlashda yordam beradi. Shuningdek,bunday gidratatsiya teri uchun foydalidir.
  • Ko'proq biriktiruvchi to'qimani iste'mol qilish.U tabiiy tozalovchi vosita sifatida xizmat qiladi va toksinlar va boshqa zararli qoldiqlardan xalos bo'lishda yordam beradi. Biriktiruvchi to'qima ich kelishini tartibga soladi,u butundonli yormalar,yangi mevalar va sabzavotlar(ayniqsa qalin po'stloqli),loviya va bodom tarkibida bo'ladi.
  • Organizmning tozalanish jarayonini sekinlashtirishi mumkin bo'lgan, tarkibida zararli moddalar bo'lgan,alkogol va kofeinni iste'mol qilmaslik.Bu moddalarni iste'mol qilish oshqozon, jigar kasalliklari hamda semizlik va qandli diabet bilan og'rish ehtimolini oshiradi. Kofeni,tarkibida kofein mavjud bo'lgan,lekin shu bilan bir paytda antioksidlovchilarga boy bo'lgan ko'k choyga o'zgartirish maqsadga muvofiqdir.Alkogol,ayniqsa to'q turlarining tarkibida (viski, qizil vino),organizm uchun zaharli bo'lgan, fermentatsiyaning zararli mahsulotlari mavjud.Bundan tashqari, alkogol parchalanganda,organizmda zaharli atsetaldegid moddasi hosil bo'ladi.
  • Oq guruch,non,makaron mahsulotlari tarkibidagi,uglevodlarning iste'molini chegaralash.Bu mahsulotlarga bo'lgan ishtiyoq nafaqat semizlikka,balki qondagi shakar darajasining tebranishiga ham olib keladi. Bundan tashqari,bu mahsulotlarda zararli konservantlar bo'lishi mumkin.Shuning uchun, tarkibida biriktiruvchi to'qimalar ko'proq bo'lgan mahsulotlarni tanlagan ma'qul-butun donli non,qo'ng'ir guruch,dukkaklilar va kartoshka.Ular nafaqat foydariloq,balki organizmni tozalashda ham yordam beradi.
  • Organizmni tozalash va sog'liqni saqlash uchun ayniqsa,sarimsoq,lavlagi,karam va limon iste'mol qilish muhimdir,imkoniyatga qarab,muntazam ravishda,qoraqat,olma, oshko'k,sabzi va yovvoyi guruch iste'mol qilish kerak.
  • O'tli choylarni,momaqaymoq barglari,qariqiz ilidizi va qizilmiyadan tayyorlangan damlamalarni to'g'ri damlash va ichish.Aniq bir qaynatmalarni tizimli qo'llashga asoslangan,tibet organizm tozalash usullarini ishga solish mumkin.
  • Do'konlarda,ekologik toza mahsulotlarni tanlashga harakat qiling,pestitsid va antibiotiklarsiz o'stirilgan,dehqonchilik va uy mahsulotlarini afzal ko'rgan ma'qul.

Organizmni tozalsh uchun sorbentlar

Organizmni tozalashning yana bir yo'li-maxsus dorilarni qabul qilishdir.Odatda,bu holatda faollashtirilgan ko'mir yoki maxsus ishlab chiqarilgan preparatlar tavsiya etiladi.Filtrum® preparati,o'zining faol moddasi «Lignin» (daraxtlardan olinadigan,tabiiy enterosorbent) tufayli,eng samarali vositalardan biridir.

«Filtrum» ning faollashtirilgan ko’mirdan ustunliklari:

XUSUSIYATLARI KO’MIR «FILTRUM»
Tozalash qobiliyati Kamroq Ko’mirga qaraganda, ko’proq
Qo’llash usuli Ko’p miqdorda tabletka qabul qilish zarur Kuniga 3 ta kapsula yetarli
Jigar va buyraklar faoliyati buzilgandagi samarasi Yuqori emas Sezilarli darajada

Bu haqida to'liq ma'lumotni "Filtrum va fаollashtirilgan ko'mir orasidagi farqlanishlar" bo'limida o'qish mumkin

Filtrum® preparati yordamida organizmni tozalash haqidagi Mulohazalar uning samaradorligini tasdiqlaydi.Preparatni qabul qilgan odamlar,uning qo'llashga qulay ekanligini (kichik yoshdagi bolalarga maydalab ovqatga qo'shib berish kerak) dorining organizm tomonidan yaxshi qabul qilinishi va nojo'ya ta'sirlar yo'qligini qayd etishadi.

Katta yoshdagi odamlarning organizmini tozalash uchun Filtrum® ni qanday qabul qilish kerak: kuniga 3 mahal,bitta tabletkadan,ovqatdan oldin.Surunkali intoksikatsiya holatlarida davolash vaqti 2-3 haftani tashkil qiladi,kursni 2 haftadan keyin yana qaytarish mumkin.

Muhim: Qo'llashdan oldin,shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Filtrum® - organizmni quyidagi zararli moddalardan samarali tozalaydi:

  • bakteriyalardan ajralib chiqadigan, toksinlar;
  • dori vositalarining almashinuvi mahsulotlari, hamda organizmga ovqat bilan kelib tushgan pestitsid,o'g'it, konservantlar;
  • bililrubin,siydik karbamidi,xolesterin;
  • oziq-ovqat allergenlari;
  • tashqi toksinlar,masalan, ishlab chiqarishdagi.

Detoksikatsiya uchun kerakli shartlar

Organizmning to'liq tozalanishi va tiklanishi uchun, yuqorida ko'rsatilgan vositalarni qo'llashdan tashqari, sog'lom turmush tarzi qoidalariga amal qilish kerak bo'ladi:

  • chekishni tashlash va passiv chekishdan saqlanish;
  • muntazam ravishda uqalash muolajalarini olish;
  • smog,sanoat chiqindilari,havoni xushbo'ylashtiruvchi kimyoviy moddalar kabi,tashqi toksinlardan saqlanish;
  • muntazam tarzda,30-daqiqadan haftasiga 4-5 marta,jismoniy tarbiya yoki boshqa jismoniy faollik bilan shug'ullanish;
  • immun tizmini kuchaytirish uchun,kuniga 7-8 soat uxlash;
  • organizmdagi barcha tizimlar me'yorida ishlashi uchun,siqilishdan saqlanish,shu jumladan detoksikatsiya qiluvchi organlar ham;
  • har hafta,kaloriyalar va hayvon yog’lari miqdorini kamaytirib,ko'proq suv ichiladigan, «yengil ovqat» kunini o'tkazish.

Mavzular bo'yicha boshqa maqolalar