Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Oziq-ovqatdan zaharlanishdan qanday saqlanish mumkin?

Oziq-ovqatdan zaharlanishdan qanday saqlanish mumkin?

  1. Oziq-ovqatdan zaharlanishning turlari.
  2. Zaharlanib qolmaslik uchun nima qilish kerak?
  3. Oziq-ovqatdan zaharlanishing boshqa turlaridan qanday saqlanish mumkin?
  4. Spirtli ichimliklardan zahalanishni oldini olish

Oziq-ovqatdan zaharlanishdan qanday saqlanish mumkin?

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishga bo‘lgan murojatlar orasida,zaharlanish bilan bog‘liq holatlar juda ko‘p uchraydi. Zaharlanish deb,odam uchun zararli bo‘lgan toksik moddalarning qon aylanish tizimiga kelib tushishi natijasida o‘tkir rivojlangan holatga aytiladi.Eng ko‘p uchraydigan turi, oziq-ovqat bilan zaharlanishdir,bu holatda toksikologik omil,organizmga oshqozon-ichak yo‘li orqali,oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan kelib tushadi.

OZIQ-OVQATDAN ZAHARLANISHNING TURLARI

Oziq-ovqatdan zaharlanish toksinning turi yoki manbasidan kelib chiqqan holda, bir nechta turga ajratiladi:

Ozuqaviy toksik infeksiyalar Oziq-ovqatning tirik bakteriyalar tomonidan zararlanishi bilan bog‘liq holat.Bakteriylar ajratib chiqaradigan toksinlar ichak shilliq qobig‘ining faoliyatini buzadi va qonga so‘rilib,umumiy toksik ta’sir ko‘rsatadi. Bunday kasallik turli xil bakteriyalar tomonidan qo’zg’atilishi mumkin,ozuqaviy toksik infeksiyaning eng ko‘p uchraydigan turi salmonellyoz,deb ataladi.Aynan shu infeksiya tuxum,muzqaymoq,sut mahsulotlari,qandolat va kolbasa mahsulotlari bilan bog‘liq zaharlanishlarning aksariyat qismining sababchisi bo’lib xizmat qiladi.
Ozuqaviy bakteriotoksikoz Alomatlarning paydo bo‘lishi, organizmga bakterial toksinlar bilan zaharlangan mahsulotlarning kelib tushishi bilan bog‘liqdir.Shunisi e’tborga loyiqki, toksinlarni ajratib chiqargan mikroblar odatda zaharlanish paytigacha nobud bo‘ladi.Bakteriotoksikozning yaqqol misollaridan biri- botulizmdir.
Qo‘ziqorinlardan zaharlanish Kasallikning sababi zaharli,noto‘g‘ri ishlov berilgan yoki shartli-iste’molga loyiq qo‘ziqorinlarni iste’mol qilishdir.
Og‘uli o‘simliklardan zaharlanish O‘simlik og‘ulari hazm qilish tizimiga,bir necha turdagi o‘simliklarni bilmagan holda yoki ataylab iste’mol qilganda kelib tushishi mumkin.Shu bilan birga ularning faqat aniq bir qismi zaharli bo‘lishi mumkin:mevasi, bargi,ildizpoyasi.Ba’zi bir dorivor o‘simliklar ham belgilangan eng yuqori miqdordan ortiq qabul qilinganda yoki odamning o‘simlikka bo‘lgan yuqori individual (o‘ziga hos) ta’sirchanliligi mavjud bo‘lgan hollarda toksikologik xususiyatini namoyon qilishi mumkin.
Hayvon tabiat og‘ular bilan zaharlanish Nerest (uvildiriq sochish) davrida, ba’zi baliqlarning moloka(urug‘ bezi) va ilonbaliqning shillig‘i toksikologik ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.Ninaqorinlilar oilasiga mansub ko‘p baliqlar zaharlidir (masalan, fugu).Siguater zaharlanish alohida guruhga ajratiladi.Bu kasallik,birhujayrali dengiz mavjudotlari ishlab chiqaradigan toksin- siguatoksinni,o‘z tanasiga yig‘ib olgan rif (qoya) baliqlarni iste’mol qilish bilan bog‘liqdir.
Spirtli ichimliklardan zaharlanish Bu turdagi zaharlanishga,surrogat (sun’iy) alkogol mahsulotlar (metanol,etilenglikol, texnik suyuqliklar va boshq.) yoki etil spirtining haddan tashqari ko’p miqdorlarda iste’mol qilish bilan bog‘liq holatlar kiradi. Qat’iy qilib aytganda,kattalardagi alkogol bilan zaharlanish boshqa turdagi zaharlanishlardan ajratilgan bo‘ladi va ko‘p hollarda, zaharlanishning alohida turi sifatida qabul qilinadi.Bu holat bunday turdagi toksinlarning inson organizmiga ta’sir qilish xususiyatlari bilan bog‘liq, chunki ular asosan,hayot faoliyati uchun muhim bo‘lgan a’zolarga zarar yetkazuvchi umumiy toksikologik ta’sirga ega.

 

ZAHARLANMASLIK UCHUN NIMA QILISH KERAK?

Oziq-ovqatdan zaharlanishni qanday oldini olish mumkin? Profilatik choralarga quyidagilar kiradi:

  • Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qoidalariga rioya qilish,ayniqsa yilning issiq vaqtida.Mahsulotlarning yaroqlik muddatini nazorat qilish, xom go‘sht/baliq (o‘ram, paket yoki qopqoq bilan yopilmagan) va tayyor taomlarni muzlatgichda bir-biriga yaqin joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, yarimfabrikatlar,go‘sht,baliq va qiymani qayta muzlatilishidan saqlanish. Pishirlgandan keyin sovugan taomni, uyga olib kelingan mahsulotlarni va kerak bo‘lmagan oziq-ovqatlarni,o‘z vaqtida muzlatgichga solib qo‘yish juda muhimdir.
  • Oshxonada gigiyena qoidalariga rioya qilish. Qo‘llarni va mahsulotlarni yaxshilab yuvish, idish-tovoq va ovqatlanish anjomlari tozaligini nazorat qilish, xom go‘sht va baliqni tozalash uchun alohida pichoq va taxtakachdan foydalanish.Tuxum qobig‘ini chaqishdan oldin yuvish tavsiya qilinadi.
  • Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish. Ko‘chadan kelganda,hojatxonaga borganda, taom tayyorlagandan so‘ng va ovqat tannovul qilishdan oldin qo‘llarni yuvishni odat qilish.
  • Oila a’zolaridan biri,ichak infeksiyasi bilan zararlanganda, uyda sanitar ishlov berish ishlarini o‘tkazish.Kasallik davrida va undan keyin bir qancha vaqt davomida bemor,muntazam ravishda qaynoq suv bilan chayib, zararsizlantiruvchi vositalar bilan ishlov berilgan alohida idish-tovoqdan foydalanishi,maqsadga muvofiqdir.
  • Mahsulotlarni saqlanish qoidalari buzilganligiga shubha paydo bo‘lsa, ularni iste’mol qilmaslik.O‘ramdagi ochilganlik izlari va ataylab qilinmagan mexanik shikastlanishlar,yorliqdagi yozuvlarning o‘zgartirilganligi,hattoki qadoq devorlarning ozgina bo‘rtishi,muzlatilgan mahsulotlardagi notekis va me’yordan ortiq muz qatlami xam havotirli belgilarga kiradi.
  • Kelib chiqishi shubhali bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilmaslik,chunki bu mahsulotlar tayyorlash yoki tuzash paytining o‘zida bakteriyalar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Mahsulotlarning zaharlanishiga oshpaz, ofitsiant va farroshlardagi ichak infeksiyalarning surunkali yoki yashirin turi,oshxonada sanitar-gigienik me’yorlarga amal qilmaslik (iflos anjomlar, idish-tovoq, taxtakachlar) sabab bo‘lishi mumkin.Xona, stol, idish-tovoq va oshxona anjomlarining tozaligiga yetarli darajada e’tibor berilmaydigan, ofitsiantlarning ko‘rinishi pala-partish bo‘lgan va hashorat, kemiruvchilar mavjudligiga ishora qiluvchi belgilar bor bo‘lgan joylarda, hech narsa iste’mol qilmagan ma’qul.

Bunday murakkab bo‘lmagan choralar-oziq-ovqat toksik infeksiyalariga qarshi yaxshi profilaktika bo‘lib хizmat qiladi. Agar,iste’mol qilib bo‘lingan mahsulotlarning sifatliligiga shubhangiz bo‘lsa,enterosorbent preparatlarni qabul qilish yordamida,zaharlanish hatarini kamaytirish mumkin.Preparatlar toksin va bakteriyalarni o’z yuzasiga yig‘ib oladi,shu bilan birga preparatlarning o‘zi qonga so‘rilib ketmaydi va hattoki bir nechta tabletkalarni baravar qabul qilganda ham zararsizdir. Filtrum qulay,xavfsiz, haryoqlama enterosorbentdir.Preparat go‘daklar tomonidan qabul qilinishiga ham ruxsat berilgan.

Muhim: preparatni qabul qilishdan oldin, mutaxassis bilan maslahatlashing.

OZIQ-OVQATDAN ZAHARLANISHNING BOSHQA SHAKLLARIDAN QANDAY SAQLANISH MUMKIN

Og‘uli baliqlardan zaharlanishdan saqlanish uchun,faqat yaxshi tanish bo‘lgan turlarini iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Ekzotik (g‘ayriodatiy) mamlakatlarga sayohat paytida,restoranlarda treskasimonlar oilasi va boshqa, shubhasiz iste’molga loyiq turlarni buyurtma qilish maqsadga muvofiqdir.Baliqlarning nerest (uvildiriq sochish) davrida,cho‘rtan baliq,nalima, skumbriya,okun(olabug‘a),qorabaliq va bir nechta boshqa baliqlarni(urug‘ bezini) iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.

Qo’ziqorinlardan zaharlanishdan saqlanish uchun, ularni pishirishdan oldin sinchiklab saralab olish zarur.Har qanday shubha uyg‘otuvchi qo‘ziqorinni tashlab yuborish kerak.Iloji boricha,shartli-iste’molga loyiq qo’ziqorinlarni iste’mol qilmaslik.Agarda qo‘ziqorinlar terib bo‘lingan bo’lsa,ularni pishirishdagi ishlov berish qoidalariga amal qilish zarur.Qo’lbola quritilgan, tuzlangan, marinadlangan,bozordagi notanish odamlardan sotib olingan,qo‘ziqorinlarni iste’mol qilmaslik maqsadga muvofiqdir.

O‘simlik va hayvon tabiat og‘ular bilan zaharlanishning birinchi alomatlari paydo bo‘lishi,tez tibbiy yordam xizmatiga murojat qilishni talab etadi.Yordam yetib kelguncha qorinni yuvish va hazm qilish tizimidagi toksinlarning to‘yinganligini pasaytirish uchun enterоsorbent (misol uchun Filtrum®) qabul qilish tavsiya etiladi.

SPIRTLI ICHIMLIKLARDAN ZAHARLANISHNING OLDINI OLISH

Alkogol mahsulotlaridan zaharlanishdan saqlanish uchun,ularni faqat yirik, sinalgan do‘konlardan,taniqli navlarni afzal ko‘rgan holda sotib olish kerak.Shu bilan birga,har bir shishani,soxtalashtirish belgilari bor-yo‘qligiga tekshiriib ko’rish kerak. Yozuvlarning har xilligi yoki yorliqdagi harflarning surkalib ketganligi, notekis yopishtirilgan va yozuvlar yaxshi bosib chiqarilmagan aksiz belgisi, suyuqlikning boshqacha rang tusi va shisha tubidagi quyqa- bularning barchasi mahsulotni sotib olish paytida sergaklantirishi kerak. Bunday belgilar spirtli ichimlikning qalbaklashtirilganligidan dalolat berishi mumkin.

Hozirgi kunda alokogol mahsulotining asl ekanligini QR-hos raqami orqali aniqlash mumkin.Bu raqam faqatgina rasmiy ishlab chiqarilgan shishalarda mavjud va kassada, chek berish jarayonida maxsus skaner yordamida o‘qilishi mumkin.Bu qalbakilashtirishdan saqlovchi samarali usuldir,shu sababli alkogol mahsulotlarni faqat shunday skaner mavjud bo‘lgan do‘konlardan sotib olish maqsadga muvofiqdir.

Agarda shisha ochib bo‘lingandan so‘ng spirtli ichimlikning asl ekanligiga shubha paydo bo‘lsa,bu ichimlikni iste’mol qilmaslik maqsadga muvofiqdir. Zaharlanishning birinchi alomatlari paydo bo‘lganda,tez yordam chaqirish,qorinni yuvish va enterosorbent(masalan Filtrum®) ni qabul qilish kerak bo‘ladi. Shubhali shishani toksikologik tekshiruv o‘tkazish uchun saqlab qo‘yish kerak.