Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Intoksikatsiya

Intoksikatsiya

  1. Ekzogen intoksikatsiya - zaharlanishning o‘ziga xosliklari.
  2. Endogen zaharlanish.
  3. Jigar intoksikatsiyasi.
  4. Davolash yo‘llari.

Intoksikatsiya

Intoksikatsiya yoki zaharlanish – kelib chiqishi turlicha bo‘lgan zaharlar bilan aloqa oqibatida organizmdagi patologik o‘zgarishdir. Bunday aloqa natijasida fiziologik jarayonlar buzilib, organlar morflogik, xususan, xujayra va to‘qimalar strukturasida o‘zgarishlar kuzatiladi. Xatarli tomoni, qator hollarda qayta tiklanmas darajada o‘zgarish ro‘y berishi mumkin. Bularning barchasi o‘ziga xos alomatlar bilan kechadi.

Ekzogen va endogen intoksikatsiya turlariga to‘xtalamiz. Ekzointoksikatsiyada zaharli moddalar organizmga atrof-muhit orqali tushadi. Endogen intoksikatsiyada esa zaharlanish organizmning o‘zida to‘planadigan toksinlar ta’siri ostida yuzaga keladi.

Shuningdek, zaharlanish o‘tkir va surunkali jarayonlarga ajratiladi. O‘tkir intoksikatsiya organizmning yuqori darajali toksinlarga tezlik bilan reaktsiyasi (daqiqa, soat yoki kun orasida) hisoblanadi. Alkogoldan o‘tkir zaharlanish holatida odatda, “mastlik” iborasi qo‘llanadi. Surunkali zaharlanishda esa uzoq muddat (haftalar, oylar) davomida toksinlarning organizmda to‘planishi tushuniladi. Zaharlanganlik alomati yaqqol ko‘zga tashlanishi uchun toksinlar miqdori yetarlicha bo‘lmagani sababli, alomatlari sekin-asta namoyon bo‘ladi. Organizmning qarshilik ko‘rsatish qobiliyati o‘zgarishlarga ulgurmasligi oqibatida organlarda tuzalmas og‘ir asoratlar paydo bo‘lishi mumkin.

Ekzogen intoksikatsyaining o‘ziga xosliklari

Ekzogen intoksikatsiya aksariyat hollarda – zaharlanish deb ataladi.

Asosiy sabablari:

  • Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish: oziq-ovqat mahsulotlari (sifatsiz, muddati o‘tgan va/yoki bakteriyalar va viruslar bilan zaharlangan), shuningdek, zaharli qo‘ziqorinlar;
  • Maishiy zaharlanish: ko‘p miqdordagi alkogol va aralashmalar (surrogat) (metil spirti, etilenglikol), kislota va ishqorli (limon kislotasi, sirka, tish tozalash vositalari), maishiy kimyoviy vositalar va pardoz-andoz vositalari;
  • Tibbiy zaharlanish: giyovand va tibbiy preparatlar (ortiqcha miqdorda);
  • Biologik zaharlarlar: o‘simlik toksinlari, shuningdek sudralib yuruvchilar va o‘rmalovchi hasharotlar zahri (ilon va o‘rgimchaklar, kanalar);
  • Sanoat va transport zaharlari: ishlab chiqarishda texnologik jarayon buzilishi hamda transport vositalaridan atrof-muhitga chiqariladigan zaharlar, texnogen falokatlar, yengil kislotalar (oltingugurt, azotli vodorod) tashuvchi sisternalarning portlashi;
  • Radiatsion zaharlar: (atom elektrstantsiyalardagi portlashlar, radionuklidlar bilan zararlangan mahsulotlarni iste’mol qilish).

Har qanday ishlab chiqarish jarayoni va kundalik turmushda kimyoviy vositalar qo‘llanadi. Ishlatish qoidalariga rioya qilinganda, inson organizmiga yoki kiym-kechagiga tushmasa ular hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Biroq, foydalanish talablari buzilsa, hidlansa, ichga ketsa, zararlangan teri, yara-chaqalarga tushadigan bo‘lsa, insonga zarar yetkazish darajasida ta’sir qiladi.

Eng ko‘p tarqalgan kimyoviy vositalar:

  • Zaharli gazlar (is gazlari);
  • Og‘ir metall tuzlari (qo‘rg‘oshin, simob);
  • Xo‘jalikda foydalaniladigan kimyoviy yuvish vositalari;
  • Zarakunandalarga qarshi ishlatiladigan zaharlar;
  • Past sifatli kosmetika vositalari;
  • Qishloq xo‘jaligida qo‘llanadigan pestitsid va nitratlar.

O‘g‘it va o‘simliklar himoyasiga mo‘ljallangan kimyoviy vositalar inson organizmiga zarar yetkazishi barobarida, ularning o‘simliklar tarkibida to‘planishi bilan ham kattagina xavf tug‘diradi. Shuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalar to‘plangan o‘simlik mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida zaharlanish hech gap emas.

Oziq-ovqatdan zaharlanish

Oziq-ovqat intoksikatsiyasi nima? Tarkibida toksik moddalar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, infeksion kasallikka sabab bo‘luvchi (masalan, salmonellyoz) mikroorganizmlarning organizmga tushishi natijasida zaharlanish ovqatdan zaharlanish deyiladi. Surunkali oshqozon-ichak kasalliklari bo‘lgan va immuniteti kuchsizlangan kishilarda mazkur patologiyaning rivojlanish ehtimoli ko‘proq.

Aksariyat hollarda tayyorlash texnologiyasi, saqlash qoidalari va yetarli darajada pishirilmaganda sut va go‘sht mahsulotlaridan zaharlanish kuzatiladi.

Klinik ko‘rinishi:

  • Varaja, umumiy holsizlik, holatning favqulodda yomonlashuvi;
  • Tana haroratining ko‘tarilishi (ba’zan 39-40°Cga qadar ko‘tarilishi mumkin);
  • Ko‘ngil aynishi, qayt qilish;
  • Ich ketishi (ichburug‘);
  • Qorin og‘rig‘i (odatda – qattiq sanchiqli).

Bunday holatlarda zaharlanish kasallik belgilaridan biri hisoblanadi. Yuqoridagi ko‘rinishlarning birontasi kuzatilganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Shuningdek, zaharlanganlik ehtimoli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotini tashlab yubormaslik va uni shifokorga ko‘rsatish foydadan xoli emas. Laboratoriya sharoitida toksin va mikroblarni ajratib olish zarur terapivtik muolaja tayinlashni osonlashtirishi mumkin.

Alkogoldan zaharlanish

Ko‘p miqdorda alkogol iste’moli ham zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda bosh miya faoliyati buziladi, ruhiy va vegetativ (ichki organlar faoliyati) buzilish sodir bo‘ladi. Zaharlanish darajasi qabul qilingan alkogol miqdoriga emas, balki bundan oldin ichilgan alkogol va inson organizmida alkogolni zararsizlantiruvchi maxsus ferment tizimi faoliyatiga ham bog‘liq.

Shifokorlar alkogol ta’sirida mast bo‘lishning 3 bosqichini ajratadi:

  • Birinchisi (yengil) – qondagi alkogol miqdori 1,5 ‰ (promille)dan oshmaydi va odatda ruhiy holatda namoyon bo‘ladi (mast kishi sergap, emotsional, diqqatining buzilishi, sabrsizlik), shuningdek, harakat koordinatsiyasining buzilishi, yuz qizarishi, pulьs, nafas olish va so‘lak ajralib chiqishining ortishi.
  • O‘rta cha - qonda etanol miqdorining 1,5 dan 2,5 ‰ (promille) kontsentratsiyasi. Bunday mastlik holatida kuchli ruhiy o‘zgarishlar: tafakkur susayadi, til buraladi, vaqt va makon oralig‘ini anglash buziladi, ba’zan agressivlik va qo‘pollik, poyintar-soyintar gapirish, ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari kuzatiladi.
  • Og‘ir mastlik holati. Qonda alkogol miqdori 2,5 dan 4 ‰ (promille) ga qadar ortib, hayot uchun xavfli hisoblanadi. Inson ichki organlari faoliyati buziladi, mast kishi hushini yo‘qotishi, ta’sirchanlik reaktsiyasi yo‘qoladi, ko‘z qorachiqlari torayadi, alkogol qonda 4 ‰ (promille)dan oshgan holatlarda nafas olish to‘xtab, inson o‘lib qolishi mumkin.

Shuning barobarida, uzoq muddat alkogol iste’moli va qondagi etanol miqdori sezilarli darajada yuqori kishilarda o‘rganib qolish hissi paydo bo‘lishi ham mumkin.

Endogen intoksikatsiya

To‘qimalar faoliyatini buzuvchi, moddalarning favqulodda tezlikda parchalanishi (katabolizm) va organizmning tozalash tizimining kuchli buzilishi singari barcha patologik jarayonlar natijasida umumiy endogen intoksikatsiya ro‘y beradi. Aksariyat holatlarda – surunkali, biroq aniq bir organ ish faoliyatining buzilishi (masalan, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) asnosida o‘tkir patologiya rivojlanadi.

Asosiy sabablari:

  • Kuchli yallig‘lanish (peritonit (qorin bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi), o‘tkir pankreatit, kuyish kasalligi, bo‘g‘imlarning ezilish sindromi (masalan avtohalokat), o‘tkir pnevmoniya) oqibatida toksinlarning ortiqcha hosil bo‘lishi;
  • To‘qimaning o‘lib borayotgan qismidagi infeksion o‘choqdan zaharning boshqa a’zolarga so‘rilishi (yo‘g‘on ichak o‘tkazuvchanligining buzilishi, yiringli jarayonlar (flegmon va abtsesslar));
  • Uzoq muddat qon aylanishi buzilgan to‘qimalardan toksinlarning sog‘lomlariga so‘rilishi (shok, shuningdek, miakard infarktidan keyin qon aylanishining tezlik bilan tiklanishi);
  • Organizmni tozalash tizimi faoliyatining buzilishi (buyrak va jigar yetishmovchiligi);
  • Xavfli o‘simtalarning yangidan hosil bo‘lishi oqibatida o‘simtadagi zaharli mahsulotlarning singishi, shuningdek o‘simta zarar etkazgan to‘qimalarning o‘lishi;
  • Surunkali, uzoq muddat kechuvchi infeksiyalar oqibatida ko‘proq to‘qimalarga zarar etadi, ko‘p miqdorda toksin hosil bo‘ladi va ularni kuchsizlangan organizm chiqarib tashlay olmay qoladi (sil, brutsellyoz).

Keyingi paytlarda mutaxassislar teri kasalliklarida ham endogen intoksikatsiyaning rivojlanishini isbotladi. Bular: Psoriaz, atopik dermatit, toksidermiya.

Endogen intoksikatsiya sabablari turlicha bo‘lsada, ularning klinik ko‘rinishi qariyb, bir xil. Shu bois shifokorlar intoksikatsion sindromni alohida ta’riflaydi.

Alomatlari:

  • Muntazam oshib boruvchi umumiy kuchsizlanish, darmonsizlik, holsizlik, ish qobiliyatining pasayishi;
  • Davomiy bosh og‘rig‘i;
  • Bo‘g‘imlar og‘rig‘i;
  • O‘xtin-o‘xtin ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
  • Yurak urishining tezlashishi;
  • Vazn o‘zgarishi (vazn yo‘qotish);
  • Davolash qiyin tana haroratining tez-tez ko‘tarilishi.

Sil (tuberkulyoz)ga chalinganda zaharlanish xususiyatlari

Sil sezilmas alomatli, ba’zan umuman alomatsiz kechadigan surunkali infeksiyalar sirasiga kiradi. Intoksikatsion sindrom ichki a’zolarga zarar etganidan keyingina yuzaga chiqishi (masalan, yo‘tal, hansirash, o‘pka zararlanganda qonli balg‘am, buyraklar zararlanganda esa peshob tahlili) mumkin.

Yuqorida ta’riflangan alomatlar barobarida sil kasalligida periferik limfatugunlarining kattalashuvi, shuningdek limfadent (bog‘lamning yallig‘lanishi) yoki yumshoq to‘qimalar ham jarayonga qo‘shilishi – periadent kuzatilishi mumkin.

Bolalarda odatda, bronxit (nam va balg‘amli yo‘tal), chaqaloqlarda esa qorin sohasida ehtimoliy og‘riq, tez-tez qayt qilish, jigar va taloqning kattalashuvi kuzatiladi.

Jigar intoksikatsiyasi

Jigar intoksikatsiyasi zaharli kimyoviy moddalar, alkogol, narkotik va dori preparatlaridan zaharlanish oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, unga onkologik, infeksion, qandli diabet kasalliklarida endogen intoksikatsiyalar ham sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur holatda asosiy sabab ferment tizimining buzilishi va uning toksinlarni zararsizlantirish qobiliyatining yo‘qolishi, desak bo‘ladi.

Jigar intoksikatsiyasi o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir intoksikatsiya tashqi ta’sirdan (masalan, zaharli iblis qalpog‘i zamburug‘i) boshlab soatlar yoki kun oralig‘ida namoyon bo‘lsa, surunkalisi – endogen intoksikatsiya natijasida 6 oydan ko‘p davr oralig‘ida rivojlanadi.

Ehtimoliy asoratlari:

  • Jigar tsirrozi;
  • Gepatit;
  • Jigar yetishmovchiligi.

Mazkur patologiya bemor holatini favqulodda yomonlashtirish barobarida, vaqtida davo choralari ko‘rilmasa o‘limga olib keladi.

Davolash

Terapiya ikki vazifani maqsad qiladi: zaharli moddalardan tozalash va asosiy kasallik o‘chog‘ini davolash (endogen intoksikatsiyada) va dezintoksikatsion terapiya.

O‘tkir zaharlanishlarda oshqozonni yuvish, qayt qildirish va keyin sorbentlar qabul qilish lozim. “Filtrum” singari preparatlar organizmdan zararli moddalarni neytrallashtirishi va chiqarishga ko‘maklashadi. Bu rotavirus infeksiyalariga qarshi turuvchi yagona sorbent hisoblanadi.

Imkon qadar tezroq tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Faqatgina vaqtida qo‘yilgan tashxis va to‘g‘ri davo salomatlikni tiklashi, ba’zi hollarda esa bemor hayotini saqlab qolishi mumkin.