Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Uy dori qutisi

Uy dori qutisi

  1. Yara va kuyishga qarshi vositalar.
  2. Oshqozon-ichak tizimi uchun vositalar.
  3. Shamollashga qarshi vositalar.
  4. Og‘riq qoldiruvchi vositalar.
  5. Tinchlantiruvchi vositalar va yurak dorilari.
  6. Qo‘shimcha tibbiyot ashyolari.
  7. Bolalar uchun dorilar.

Uy dori qutisi

Dard kutilmaganda keladi va har doim ham dorixonaga borib, zarur dorilarni olib kelishga vaqt va kuch topa olmasligimiz mumkin. Shuning uchun ham xonadondagi dori qutisida birinchi tibbiy yordam uchun zarur dori vositalari bo‘lgani ma’qul.

Muhim: dori vositalarinnig bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlanishiga alohida e’tibor bering.

Xonadon dori qutisi – kutilmaganda xastalangan mahal birinchi yordam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari saqlanadigan o‘ziga xos “dorixonacha”. Uyda ko‘plab darmondorilar, bir xil tipdagi preparat va boshqa “foydasi yo‘q” dorilarni saqlashning umuman hojati yo‘q. Shuningdek, shifokor tavsiya qilmagan murakkab dori vositalarini ham uyingizda saqlamang. Ulardan naf bo‘lmagani yetmagandek, oila a’zolaringizda birontasiga zarar yetkazib qo‘yishi mumkin.

Xonadon dori qutisida qanday dori vositalari bo‘lgani durust?

Muhim: dori vositalarini yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan sharoitlarda saqlang. Saqlash shartlari rioya etilmagan preparatlar ta’sir xususiyatini yo‘qotadi.

YARA VA KUYISHGA QARSHI VOSITALAR

Dori qutisida kuyish, yara-chaqa yoki shunga o‘xshash holatlarda yordam beradigan preparatlar bo‘lishiga e’tibor bering. Mazkur ro‘yxatga antibakterial, yaralar tuzalishiga yordam beradigan preparatlar, kompozitsion tarkibli, kuyish va yaralarga qarshi malhamlar kiradi.

OSHQOZON-ICHAK TIZIMI UCHUN VOSITALAR

Oshqozon yoki ichaklar faoliyatining buzilishi har qanday rejani chippakka chiqarishi mumkin va shuning uchun oshqozon-ichak tizimi faoliyatini bartaraf etuvchi bir necha dori vositalari xonadoningiz dori qutisida bo‘lsin. Misol uchun, Filtrum, jig‘ildon qaynashi, ovqat hazm qilishni yaxshilovchi hamda spazmolitiklar.

FiltrumFiltrum – organizmdagi patogen bakteriyalar va bakterial toksinlar, dori vositalari, zahar, og‘ir metall tuzlari, alkogol va allergenlarni bog‘lab chiqaruvchi noyob preparat.

Eslatma: har oy dori qutini tekshirib, yetmayotgan dori vositalari bilan to‘ldirib turing.

SHAMOLLASHGA QARSHI VOSITALAR

Gripp, angina, bronxit – har qanday oilada uchrab turadigan xastaliklar. Dori qutingizda vaqtida bunday kasalliklar alomatlarining oldini olib, bartaraf etadigan dori vositalri bo‘lsin.

Tumovga qarshi tomchilar, isitma tushiruvchi vositalar, tomoqog‘rig‘idan tabletka va purkamalar (sprey), balg‘am ko‘chiruvchilar – shamollashda yordam beradi va xonadon dori qutisida bo‘lishi kerak.

OG‘RIQ QOLDIRUVCHI VOSITALAR

Hatto sog‘ligidan umuman shikoyat qilmaydigan kishilarda ham ba’zan mushak yoki boshqa og‘riqlar kuzatiladi. Bunday paytda og‘riq qoldiruvchi dorilar qo‘l keladi. Ammo, og‘riq bir necha kun davomida pasaymasa yoki qolmasa, uning sabablarini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilishni unutmang.

Eslatma: har 2-3 oyda dori qutingizdagi dori vositalari yaroqlilik muddatini qarab, muddati o‘tgan vositalar o‘rniga yangisini soling, eskisini esa olib tashlang.

TINCHLANTIRUVCHI VOSITALAR VA YURAK DORILARI

Uyingizda tinchlantiruvchi preparatlar va yurak bezovta qilganida zarur dorilar bo‘lishiga e’tibor bering. Bular sirasiga gomeopat vositalar, trankvilizatorlar, neyroleptiklar, normotimik preparatlar kiradi.

QO‘SHIMCHA TIBBIYOT ASHYOLARI

Dori vositalaridan tashqari xonadon dori qutisida:

  • Harorat o‘lchagich (iloji bo‘lsa elektron gradusnik);
  • Doka bint va niqoblar;
  • Paxta, bint, plastir;
  • Elastik bint va bog‘ichlar;
  • Sprinsovka;
  • Shprits, qisqich, qaychi, grelka bo‘lsin.

BOLALAR UCHUN DORILAR

Ota-onalar farzandlarining salomatligiga har doim jiddiy qaraydi, biroq bexosdan kasallikka chalinib qolmaslikdan hech kim kafolatlanmagan. Oilada farzand bo‘lsa, iloji boricha bolalar dori qutisini kattalarnikidan alohida saqlang. Kattalarga mo‘ljallangan dori vositalari bilan bolalarni davolash oddiy qilib aytganda, to‘g‘ri emas.

Ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloq dori qutisi alohida e’tiborni talab qiladi. Darvoqe, bu masala yuzasidan hali farzand dunyoga kelmasdan avval o‘ylab qo‘ygan ma’qul. Eson-omon qutilgan rafiqangiz tug‘ruqxonadan uyingizga kelguniga qadar uyda:

  • Bolalar upasi, moyi va malhami;
  • Chaqaloqlar toshmasiga qarshi vosita;
  • Chaqaloqlar uchun paxtali cho‘plar va paxtali disklar hamda oddiy paxta;
  • Vazelin;
  • Nam salfetkalar;
  • Sterillangan bint va doka;
  • Margansovka va «ko‘kdori»;
  • Turli plastirlar;
  • Moychechak va kalendula (badrasak);
  • Shprits va pipetka;
  • Harorat o‘lchagich, jumladan cho‘miltirishda suv haroratini o‘lchash uchun maxsus o‘lchagich;
  • Sprintsovkalar;
  • Dori vositalari uchun o‘lchagich (dozator)ni shay qilib qo‘ying.

Xonadon dori qutisida bo‘lishi kerak dori va qo‘shimcha vositalarni ko‘rib chiqdik. Mabodo, oila-a’zolaridan kimdadir surunkali xastalik bo‘lsa, dori qutisida zarur dorining bo‘lishiga e’tibor bering va vaqti-vaqti bilan uni yangilashni unutmang. Ana shunda oilangiz a’zolari salomatligiga hech qanday dard xatar solmaydi.