Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Zaharlangandan keyingi Parhez

Ovqatdan zaharlanganda parhezning o‘ziga xos xususiyatlari

  1. Zaharlangandan keyin ovqatlanish ratsioni.
  2. Ovqatlanish qoidalari.
  3. Zaharlangandan keyin nimalar tanavvul qilish mumkin emas?
  4. Zaharlangandan keyin bolalar Parhezining o‘ziga xos xususiyatlari

Zaharlangandan keyingi Parhez

Zararli mikroorganizmlar (bakteriyalar, virus, zamburug‘ va h.k.) yoki tarkibida kuchli zaharlar saqlovchi moddalar (kimyoviy moddalar, o‘simlik yoki hayvonlarga mo‘ljallangan vositalar, og‘ir metall tuzlari, radionuklidlar) bilan zaharlangan mahsulot, ovqat va eguliklarni iste’mol qilish natijasida ovqat hazm qilish tizimining o‘tkir buzilishi ovqatdan zaharlanish deb ataladi. Birinchi holatni shifokorlar – ovqatdan zaharlanish, ikkinchisini esa toksik, noinfeksion zaharlanish deb nomlashadi.

Ovqatdan zaharlanish tibbiy preparatlar bilan davolangandan keyin, odatda, maxsus Parhezni ham talab qiladi. Parhez turli alomatlar (og‘riq, sanchiq, ich kelishning buzilishi, ko‘ngil aynishi)ni kamaytiradi, umumiy holatni yaxshilaydi, organizmni zaharli moddalardan xalos bo‘lishiga yordam beradi va organizmning tiklanishini rag‘batlantiradi.

Лечебные эффекты диеты возникают вследствие:

  • Parhez: organizmda ichburug‘ (ich ketishi), qayt qilish va yuqori harorat oqibatida buzilgan suyuqlik va minerallar miqdorini normallashtiradi;
  • Hujayra va to‘qimalarning tiklanishi uchun oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va vitaminlar bilan ta’minlaydi;
  • Parhez va uning davomiyligini shifokor belgilaydi hamda ovqatdan zaharlangan bemor holatini kuzatib boradi. Har qanday holat o‘zgarishidan shifokorni xabardor qilish lozim.

Диету и длительность ее применения назначает врач, он же наблюдает за динамикой состояния пациента после отравления едой. Важно даже при незначительных изменениях своего самочувствия сразу сообщать об этом доктору.

Zaharlangandan keyingi ovqatlanish ratsioni

Zaharlangan chog‘da va undan so‘ng nimalarni iste’mol qilish va ichish mumkin? Birinchi sutkada ovqatlanish qat’iyan man etiladi. Zaharlanishning dastlabki alomatlaridayoq tabiiy sorbentlar, masalan Filtrum qabul qilish tavsiya etiladi. Filtrum organizmdan patogen bakteriyalar va bakterial toksinlarning chiqarilishida ko‘maklashadi.

Фильтрум Filtrum – kelib chiqishi turlicha bo‘lgan ichburug‘ (infeksion diareyada – loperamid qabul qilish mumkin emas, parazitar yoki rotavirus infektsiyada – antibiotiklar befoyda, faollashtirilgan ko‘mir esa qariyb besamar)ni tezda davolash vositasi.

Что же можно есть в дальнейшем?

Zaharlangan mahal ovqatlanishning umumiy jadvali

1-kun2-kun3-kun4-kun5-kun
umuman ovqat yeyish mumkin sabzavotlardan sho‘rva sabzavotlardan sho‘rva Tovuq sho‘rva Tovuq sho‘rva
sabzavot bo‘tqasi sabzavot bo‘tqasi Sabzavotli pishiriq Sabzavotli pishiriq
qoqnon bo‘laklari qoqnon bo‘laklari Qaynatilgan baliq guruchli bo‘tqa
  guruchli bo‘tqa qoqnon bo‘laklari qoqnon bo‘laklari
    guruchli bo‘tqa Qaynatilgan baliq

 

Ikkinchi kuniga:

  • 200 ml sabzavotlardan sho‘rva;
  • 2-3 bo‘lak qoqnon;
  • 100 ml suyuq sabzavotli bo‘tqa.

Suyuqlik – 2 litrga qadar. Qaynatilgan suv, nama’tak qaynatmasi, gazlanmagan mineral suv, dorixonadan olingan tuzli eritmalarni ichish mumkin.

Uchinchi kunga esa ratsionga yormalar kiritish mumkin.

Mahsulot miqdori:

  • 200 ml sabzavotlardan sho‘rva;
  • 300 g suyuq yoki suvda qaynatilgan guruchli bo‘tqa;
  • Qoqnon (4 bo‘lak) va 2-3 dona quruq pechene.

To‘rtinchi kundan boshlab iste’mol qilinadigan mahsulotlar miqdori va qamrovi biroz kengayadi, tovuq va yog‘siz baliqdan (sudak) tayyorlangan sho‘rva.

Sutkalik ratsion:

  • 200 g manna yormasida sabzavotli pishiriq (tuxum qo‘shmasdan);
  • 100-150 ml tovuq sho‘rva (birinchi martasiga qaynatib, sho‘rvasi to‘kib tashlanadi, keyin ustidan yana suv quyilib taom tayyorlanadi);
  • 100 g qaynatilgan baliq;
  • Qoqnon (4-5 bo‘lak) va quruq pechene (5-6 dona);

Baliq yoki tovuq go‘shtidan sho‘rva tayyorlash mahali unga sabzavot va ziravorlar qo‘shilmaydi. Ozroq tuz solinsa kifoya.

Beshinchi kuniga ratsionni kengaytirishda davom etiladi. Tovuq go‘shti, guruchdan tayyorlangan taomlar, suzma yeyish mumkin:

  • 300-400 ml qiymalangan tovuq go‘shtidan frekadelkali sho‘rva;
  • 200-300 g qaynatilgan guruch;
  • 200-300 g toblangan yoki suzmadan sufle (tuxumsiz);
  • 5-6 bo‘lak qoqnon.

Ovqatlanish qoidalari

Zaharlangandan keyingi ParhezZaharlangandan keyin sutkasiga oz-ozdan 7 martaga qadar ovqatlanish lozim. Keyinroq ovqatlanish 3-4 martaga tushiriladi, kunduzgi ovqatlanish miqdori oshirib boriladi. Taom iliq yoki uy haroratida, shilliq pardaga zarar yetkazishi mumkinligi bois sovuq bo‘lmasligi kerak.

Bo‘kib qolish darajasida taom iste’mol qilish mumkin emas. Muntazam umumiy holatni nazorat qilish lozim. Oshqozon taomga to‘ldirib yuborilsa ko‘ngil aynishi yoki qayt qilishga olib keladi, ich kelishi buziladi.

Mabodo mazkur holat ro‘y bersa, darhol shifokorga ma’lum qilish lozim.

Beshinchi kundan keyin, umumiy holat yaxshilanib borishi kuzatilsa, odatiy ovqatlanish rejimiga o‘tiladi. Oshqozon-ichak mikrob florasi buzilgan mahal shifokorlar uni normallashtirish maqsadida pribiotiklar yoki prebiotiklar, masalan «Laktofiltrum» qabul qilishni tavsiya qiladi.

Zaharlangandan keyin nimalar iste’mol qilish mumkin emas?

Zaharlanib qolgan mahal butun reabilitatsiya davrida nimalarni iste’mol qilish mumkin emas?

3-4 hafta davomida iste’moli taqiqlangan mahsulotlar:

  • Konservalarning har qanday turi;
  • Sutli taomlar;
  • Har qanday kolbasa mahsulotlari;
  • Sur, dudlama baliq va go‘sht, tuzlangan cho‘chqa yog‘i;
  • Shokolad;
  • Qovurilgan go‘sht (kabob, toblangan et, kotletlar);
  • Dukkaklilar, jo‘xori;
  • Qovurilgan yoki chala pishirilgan tuxum;
  • Mevalardan tayyorlangan shirin sharbatlar;
  • Yangi uzilgan non va non mahsulotlari, pechene va gummalar;
  • Xom sabzavot va mevalar.

To‘liq tuzalmaguncha alkogol ichmaslik, o‘tkir (sirkali) yoki ziravorli (achchiq qalampir va turli ziravorlar sepilgan) taomlarni iste’mol qilish taqiqlanadi. Kuniga ko‘pi bilan ikkita yangi taomni ratsionga kiritish mumkin.

Ovqatdan zaharlangan bolalar parhezining o‘ziga xosliklari

Питание ребенка после отравленияUmuman olganda, ovqatdan zaharlanishda kattalar va bolalar amal qilishi lozim parhezlar orasida aytarli farq yo‘q. Farq – bola har doim ham holatini aniq-ravshan aytib yoki ko‘rsata olmasligi mumkinligida.

Ovqatdan zaharlanishning dastlabki alomatlarini sezgan zahoti bolaga yaxshisi, taom ediSuvdan boshqa yana nima ichish mumkin? Bolalarga chanqoqni qondirish maqsadida moychechak qaynatmasi va nimtatir sharbatlar ichirgan ma’qul. Ich kelishi qiyinlashgan va ich ketishda suyuq, suvda yaxshilab qaynatilgan guruchli bo‘tqa berish kerak. Sabzavotli taomlardan uzoqroq bo‘lish lozim. Taxminan, 3-5-kundan boshlab, shifokor tavsiyasiga ko‘ra, bolaning ahvoli yaxshilangan va ich kelishi normallashganda nonushtaga ichaklar mikroflorasini tiklash uchun tabiiy yogurt berish mumkin.

Ovqatdan zaharlangan mahal kattalarmi yoki yosh bolalarmi, albatta tibbiy maslahat uchun shifokor yoki mutaxassisga murojaat qilish lozim. Chaqaloq va homilador ayollar zaharlanganda esa zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish shart.