Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Foydali materiallar / Sayyoh dori qutisi

Sayyoh dori qutisi

  1. Oshqozon-ichak tizimi faoliyati uchun vositalar.
  2. Isitma va og‘riqlarga qarshi vositalar.
  3. Kuyishga qarshi vositalar.
  4. Lat yeyishga qarshi vositalar.
  5. Ko‘ngil aynishiga qarshi vositalar.
  6. Shamollashga qarshi vositalar.
  7. Allergiyaga qarshi vositalar.
  8. Xorijga qanday dori vositalari bilan borib bo‘lmaydi?
  9. Sayyohlik dori qutisini to‘g‘ri tayyorlash?

Sayyoh dori qutisi

Sayohatga chiqishda birinchi galda pasport va pulni esimizdan chiqarmaymiz. Ammo, dori quti ham xayolingizdan ko‘tarilmasin, axir ta’til payti og‘rib qolmaslikdan hech kim kafolatlanmagan. Boz ustiga o‘zingiz bilan dori olmagan bo‘lsangiz, xorijiy mamlakatda zarur dori vositasini xarid qilish ancha mushkullik tug‘dirishi mumkin. Shifokoringiz tayinlagan, o‘ziga xos preparatlarni chegaradan olib o‘tishga to‘g‘ri kelsa nima qilasiz? Xorijiy muqobilini sotib olishga to‘g‘ri kelsa, ortiqcha pul to‘lamaslik uchun-chi? Keling unda, sayyoh dori qutichasi haqida batafsil gaplashib olsak.

Eng avvalo yo‘lga shifokor tavsiyasi bilan muntazam qabul qiladigan dorilaringizni oling. Mabodo surunkali kasalingiz bo‘lsa, xuruj qilganda qabul qiladganlaringizni esdan chiqarmang. Ba’zi kishilar kuchli ta’sir qiluvchi, psixotrop yoki maxsus preparat larga muhtoj bo‘ladi va bunday paytlarda chegara yoki bojxona postida muammo chiqmasligi uchun shifokor imzosi va muhri tushirilgan tavsiyanomani olish shart.

Sayohatga chiqqanda dori qutiga yana qanday dori vositalarini solish lozim?

Oshqozon-ichak tizimi faoliyati uchun vositalar

Boshqa mamlakatga borgan mahal ko‘pchiligimiz bizga noma’lum oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suviga duch kelamiz. Ular oshqozon yoki ichaklar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sayyohlik dori qutingizga ovqat hazm qilishni yaxshilovchi va ichak infektsiyalariga qarshi dori vositalarini solib qo‘yishni unutmang.

Yangi sharoit va notanish ovqatlardan ba’zan ich buzilishi mumkin. Bunday hollarda «Filtrum» dori vositasi qo‘l keladi.

FiltrumFiltrum preparati faollashtirilgan ko‘mirga qaraganda 1000 baravarga patogen bakteriyalarni so‘rib olish xususiyatiga ega. Ovqatdan zaharlanganda qayt qilishning asosiy sababchisi mikotoksikozda oshqozon va ichaklar shilliq pardasiga faollashtirilgan ko‘mir va mineral sorbentlardan farqli - zararlamasdan ta’sir ko‘rsatuvchi sorbent.

Isitma va og‘riqlarga qarshi vositalar

Sayohat mahali tana harorati ko‘tarilsa isitma tushiruvchi dori vositalarini qabul qilish kerak bo‘ladi. Ularning ba’zilari og‘riqsizlantiruvchi ta’sirga ham ega. Biroq, dori qutiga og‘riqlarni pasaytiradigan, shuningdek, spazmalarni bartaraf etuvchi preparatni alohida solib qo‘yganingiz durust.

Kuyishga qarshi vositalar

Bunday vositalar, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlardan biriga sayohat qiladigan bo‘lsangiz, juda asqotadi. Avvalo, SPF-faktori 20-30 kun quyoshdan himoyalaydigan krem oling. Bolangiz uchun himoya darajasi 50ni tashkil qiladigan krem ma’qul.

Shunga qaramay, sayyohlar har doim ham o‘zlarini quyosh nurlaridan to‘liq himoya qila olmasliklarini e’tiborga oladigan bo‘lsak, kuyishga qarshi maxsus vosita zarar qilmaydi.

Lat yeyishga qarshi vositalar

Dam olishda ba’zan oyoq-qo‘llar lat yeyishi, biron joyga urib olish, ayniqsa, bolalarning yiqilib-surilishi, odatiy hol. Shuning uchun ham, tananing lat yegan qismi tezroq tuzalishi va sayohatdan noxush esdaliklar qolmasligi uchun, marhamat qilib, dori qutingizga quyidagi dori vositalari va yordamchi dori-darmonlarni solishni unutmang:

  • Vodorod peroksidi;
  • «Ko‘kdori» va yod (qalam ko‘rinishida bo‘lgani durustroq);
  • Bakteritsid plastir;
  • Doka, paxta disklar va «paxtali quloqcho‘p»;
  • Bint, doka niqob, qonni to‘xtatadigan salfetkalar;
  • Elastik bint (pay cho‘zilganda asqotadi).

Ko‘ngil aynishiga qarshi vositalar

Ba’zi kishilarning avtomobil, samolyot yoki kemada qattiq ko‘ngli aynishi mumkin. Dengiz kasalligi – inson vestibulyar apparati faoliyatining buzilishi bo‘lib, bosh miya tananing doimiy harakatda ekani borasidagi axborotni mos ravishda qabul qila olmaydi. Oqibatda bosh aylanib, insonning ko‘ngli ayniydi (qayt qilishi ham mumkin). Aytilgan ko‘ngilsizliklar sayohatingizga soya solmasligi uchun, oldindan chorasini ko‘rib, ko‘ngil aynishiga qarshi dori vositalarini zaxira qiling. Ular bosh miyaga noto‘g‘ri axborot yetkazilishini sekinlashtiradi va sayohat chog‘i holatingiz salbiy tomonga o‘zgarmaydi.

Shamollashga qarshi vositalar

Afsuski, dam olish paytida shamollab qolish ehtimoli yuqori. Aeroport, samolyot sahni va otellarda shamollatish tizimi qattiq ishlaydi va buni ba’zida sezmay ham qolamiz. Oqibatda esa organizm allaqachon kasallangan bo‘ladi. Ayniqsa, qish payti issiq o‘lkalarga sayohat oqibatlari o‘ta ayanchli bo‘lishi mumkin. Zero, iqlimning tez o‘zgarishi odatda shamollash bilan yakun topadi. Mazkur holatlarda yo‘tal, tomoqog‘rig‘i, tumov, boshog‘rig‘i va hatto otitga chalinish hech gap emas.

Ta’tilni kasalxona yoki o‘rin-ko‘rpa qilib o‘tkazmaslik uchun dori qutingizga virusga qarshi vositalar va shamollashdan xalos etuvchi dori-darmonlarni soling. Shamollash alomatlarini yengil bartaraf etuvchi – tomoq uchun purkama malham (sprey), burun bitishidan tomchilar va yo‘taldorilari ham kerak bo‘lib qoladi.

Allergiyaga qarshi vositalar

Dam olish mahali allergiya paydo bo‘lishi ham mumkin. Bunga notanish taom va yegulik, ichimlik suvi, o‘t-o‘lan va hatto quyoshda sal ko‘proq turib qolish sabab bo‘lishi hech gap emas. Allergiya terining qizarishi, toshmalar toshishi, qichishishi bilan birga shilliq pardalarning shishigacha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun allergiyaga qarshi sifatli tabletkalar hamda terini tinchlantiruvchi malham-kremlar qo‘l ostingizda bo‘lsin.

Xorijga qanday dori vositalari bilan borib bo‘lmaydi?

Har qanday kuchli ta’sir qiluvchi, ayniqsa tarkibida giyohvand modda bo‘lgan dori vositalaridan voz keching. Shifokor tavsiyasiga ko‘ra qabul qilishga majbur bo‘lsangizgina, istisno qilinishi mumkin. Yo‘lga antibiotiklar olish shart emas, ular kuchli vositalar bo‘lgani bois, shifokor kasallik sabablarini aniqlaganidan keyingina o‘zingizga mos dori vositasini yozib beradi.

Ko‘pgina sayyohlar Osiyo yoki Afrika davlatlariga dam olishga ketayotib, o‘zlari bilan malyariyaga qarshi dori vositasi oladi. Maslahatimiz: bunday qila ko‘rmang. Gap shundaki, malyariya jiddiy kasallik va uni o‘zboshimchalik bilan davolab bo‘lmaydi. Boz ustiga, mahalliy dori uyda sotib olganingizdan ko‘ra samaraliroq bo‘lishi hech gap emas. Har qanday holatda esa, davolashning birinchi bosqichi – shifokorga uchrashish va undan maslahat olish hisoblanadi.

Sayyohlik dori qutisini to‘g‘ri tayyorlash?

Sayyohlik dori qutisini to‘g‘ri tayyorlash Sayohatga chiqishdan oldin dori qutiga:

  • Tibbiy preparatlar quyosh nurida va issiqda qolishi mumkin emas. Shu bois, dori va yordamchi vositalarni termo-sumkachaga joylang. Isitma tushiruvchi shamchalar va og‘ir shaklli allergiyaga qarshi vositalarga birinchi galda e’tibor qarating.
  • Sayohat oldidan preparatlarning saqlash muddatini tekshiring.
  • Dorilarni imkon qadar qutisi bilan birga oling, aks holda ularni adashtirib yuborish mumkin.
  • U yoki bu dori vositasini to‘g‘ri qabul qilish uchun dorilarni albatta yo‘riqnomasini bilan birga joylashtiring.