Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Ovqatdan zaharlanish

Ovqatdan zaharlanish

Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanmagan yoki unga duch kelmagan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak dunyoda. Ayniqsa bu noxush holat, aksariyat sayohatchilar, safarda yurganlarda ko‘proq uchraydi. Bunga sabab – ularning har doim ham gigiena talblariga rioya qila olmasliklaridir. Bunday hollarda bakterial intoksikatsiya kelib chiqishi tayin. Shuning barobarida, tropik davlatlarda dam olish mahali tanavvul qilinadigan notanish va organizm o‘rganmagan taomlarni aytish mumkin. Iliq va nam iqlim sharoitida turli kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar “gurkirab” rivojlanadi. Umuman aytganda, zaharlanishga nima sabab bo‘lishidan qat’i nazar, u qorinda qattiq og‘riq va umumiy holsizlanish singari alomatlari bilan har qanday go‘zal sayohatni ham chippakka chiqarishi hamda jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.

Ovqatdan zaharlanish nima?

Ovqatdan zaharlanish – oziq-ovqat mahsulotlari yoki ichimliklar bilan oshqozon-ichak tizimiga zararli moddalarning tushishi oqibatida ichki organlar faoliyatining buzilishidir. Agressiv kimyoviy moddalar yoki bakteriyalar saqlovchi mahsulot tanavvul qilingandan so‘ng, toksinlar sekin-astab qon tomirlariga so‘rilib, intoksikatsiya alomatlarini namoyon etadi.

Ovqatdan zaharlanish alomatlari

Odatda ovatdan zaharlanish jarayoni juda tez sodir bo‘ladi. Masalan, qisqa vaqt oralig‘ida organizmning normal holati quyidagicha o‘zgarishi mumkin:

  • ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
  • diareya;
  • oshqozon va/yoki ichaklarda og‘riq;
  • umumiy holsizlanish, darmonsizlik;
  • bosh og‘rig‘i.

Vaqtida chora ko‘rilib, davolash boshlansa, alomatlar kuchayadi. Toksinlar turi va ularning miqdoriga ko‘ra, buyrak, markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimi faoliyati buzilishi mumkin. Ayniqsa intoksikatsiya bolalar, keksalar yoki yaqinda kasallangan kishilarda o‘ta jiddiy o‘tadi.

Ovqatdan zaharlanish sabablari

Aksariyat hollarda zaharlanish muddati o‘tgan mahsulot, bakteriyalar va ular ishlab chiqargan mahsulotlar, shuningdek, kimyoviy vositalar ta’sirida zararlangan oziq-ovqatni iste’mol qilish oqibatida yuzaga keladi.

Ovqatdan zaharlanishni davolash

Ovqatdan zaharlanishni zudlik bilan davolashga kirishish lozim, aks holda e’tiborsiz qoldirilgan mazkur holat o‘ta jiddiy asoratlarga olib kelishi shubhasiz.

Ovqatdan zaharlanishni davolashga mo‘ljallangan so‘ngi avlod Filtrum® preparati nafaqat o‘rta molekulyar (toksinlar va oqsil molekulalari), balki past molekulyar (spirt va ularning metobolizmi oqibatida hosil bo‘ladigan boshqa mahsulotlar) intoksikatsiyalarni ham biriktirib, organizmdan chiqaradi.

Ta’sir etuvchi modda haqida. Preparatning asosiy ta’sir etuvchi moddasi lignin hisoblanadi. Mazkur entersorbent daraxtni maxsus qayta ishlash usuli bilan olingan bo‘lib, o‘zining tabiiy kelib chiqishi sababidan juda cheklangan qarshi ko‘rsatmalarga ega.

Qabul qilish usullari haqida.. Filtrum® tabletka ko‘rinishida ishlab chiqarilgan bois, uni ayniqsa, yo‘lda qabul qilishda qulay. O‘tkir zaharlanish holatlarida kattalar uchun sutkalik qabul miqdori 3-4 mahal, 2-3 tabletkadan 5 kunni tashkil etadi.

Diqqat! O‘tkir zaharlanish alomatlarida zudlik bilan shifkor murojaat qilish zarur, chunki ba’zi holatlar aynan zaharlanish alomatlariga o‘xshab ketishi mumkin. Bunday holatlar sirasiga, masalan, infarkt miokard xastaligini keltirish mumkin.