Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / SUV

Suvdan zaharlanish

Suvdan zaharlanish ehtimolini qanday kamaytirish mumkin?

  • Tabiat qo‘yniga sayrga chiqqaningizda alohida idishda (butilkalangan) tozalangan suv iching.

  • Sabzavot va mevalarni qaynatilgan suvda yuving.

  • Issiq iqlimli mamlakatlarga sayohat mahali tish tozalash uchun butilkalangan suvdan foydalaning.

  • Safarda ochiq suv havzalaridagi suvdan hatto idish vishda ham foydalanmang.

Suv orqali turli ichak infeksiyalari: dizenteriya, salmonellyoz va hatto vabo tayoqchalari organizmga tushishi mumkin. Bundan tashqari, “suvdan zaharlanish”ga aynan mahsulot yoki idishlarni vish mahal tushuvchi viruslar sabab bo‘ladi.


 
 

Nima uchun suv zaharlashga olib kelishi mumkin?

Toza suv odam salomatligiga xavf solmaydi. Bu uning mavjudligi uchun zarur va ajralmas shartdir. Biroq ayrim hollarda suvni iste’mol qilish zaharlanishni keltirib chiqaradi. Bu agar suvda ba’zi bir kasal qo‘zg‘atuvchi yoki shartli-patogen mikroorganizmlar bo‘lsagina ro‘y berishi mumkin, aslida bu holatda infeksiya suv yo‘li orqali yuqadi.

Inson organizmiga suv orqali stafilokokkoklar va streptokokklar, dizenteriya va vabo, protey va ichak tayoqchasi, Vabo vibrioni, enteroviruslar va boshqa zararli bakteriyalarning turli qo‘zg‘atuvchilari kirib qolsa, zaharlanish belgilari paydo bo‘lishi mumkin. Bu holatda zaharlanish sababi ichiishga mo‘ljallanmagan suvdan foydalanish hisoblanadi: suv havzalaridan, suv kranidan. Bundan tashqari, suv uzoq vaqt davomida ochiq yoki yopiq idishda saqlansa, bakteriyalar bilan ifloslanishi mumkin.

Ko‘pincha infeksiya sog‘lom va bemor kishining bitta ovqat idishini ishlatishining natijasi bo‘ladi.

Suv bilan zaharlanish infeksiyasiz xarakterga ham ega bo‘lishi mumkin. Bunday holatda u og‘ir metallar, sanoat chiqindilari, qishloq xo‘jaligida o‘g‘itlar aralashmasidir.

Bu qanday qilib namoyon bo‘ladi

Suv bilan bog‘liq zaharlanish, odatda oshqozon-ichak belgilari bilan oziq-ovqat zaharlanishiga o‘xshash kechadi, asosiy belgilari quyidagilar:

  • Ko‘ngil aynishi, qayta qusish.
  • Tez-tez suyuq axlat chiqishi, bu holatda biz diareya haqida gapiramiz. Axlat quyuq yoki suyuq holda bo‘lishi mumkin, oz miqdordagi qon yoki shilimshiq bilan bo‘lishi mumkin. Uning hajmi ichakdagi qo‘zg‘atuvchining turiga bog‘liq, vaboga o‘xshash infeksiyalar eng og‘ir kechiladi. Diareya degidratsiyani jadal rivojlanishi bilan bog‘liq.
  • qorinda og‘riqlar. Ular tutqanoq, cho‘ziluvchan sifatida namoyon bo‘lishi mumkin, va obemor og‘irlik hissini sezishi mumkin.
  • Meteorizm.
  • tana harorati oshishi va umumiy intoksikatsiya.

Davolash

Ko‘pgina oziq-ovqat zaharlanishida bo‘lgani kabi, suv bilan zaharlanishda dastlabki yordam ko‘p suyuqlik ichish va keyin qusish bilan tozalashdan iborat. Bunday holatda siz mikroblarning ifloslanishiga va zaharlanishiga sabab bo‘lgan xuddi o‘sha suv manbasini ishlatmasligingiz lozim.

Oshqozonni tozalashdan so‘ng enterosorbentni (Filtrum®) qo‘llashni boshlash tavsiya etiladi. Bu ichak oralig‘idan toksinlarni adsorbatsiya qilishga va ularni najas bilan chiqib ketishini tezlashtiradi. Zaharlanishda enterosorbentni iste’mol qilish intoksikatsiya va oshqozon-ichak kasalliklarining kuchayishini kamaytirishga yordam beradi.

Keyingi davolanish sxemasi shifokor tomonidan tanlanadi.

Zaharlanmaslik uchun nima ichgan yaxshiroqmi?

Ichimlik uchun shishalarga to‘lg‘azilgan suvdan foydalanish tavsiya etiladi. Va ochilgan idish qisqa vaqt ichida saqlanishi, uning kontaktini havo bilan chegaralash kerak. Va shisha ichidagi suvning bakterial ifloslanish xavfini kamaytirish uchun suvdan bir qismini alohida idishga, idish-tovoqqa, shishaga va hokazolarga quyish kerak.

Filtrlangan suv ham ichish uchun mos keladi, lekin faqat filtrning sarflanadigan elementlari ko‘rsatmalarga muvofiq o‘z vaqtida tozalanishi yoki almashtirilishi shart.

Agar ichimlik suvi sifatida boshqa, xavfsiz bo‘lmagan manbalardan foydalansa, avvalambor uni qaynatish zarur. Bu, shuningdek, oddiy suv uchun ham amal qiladi. Qaynatlgan suv uning sterillashishiga yordam beradi, ammo uni takroriy bakterial ifloslanishdan himoya qilmaydi. Shuning uchun qaynatilgan suvni faqat cheklangan miqdorda saqlash va iste’mol qilish mumkin.

 

FILTRUM AVLOD VOSITASI:

Filtrum 400 mg
  • Har 10-15 daqiqada
    suv iching.

  • Kuniga 3-4 mahal 2-3 tabletkadan Filtrum® qabul qiling.

  • Zarur hollarda shifokor chaqiring.