Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Fastfud

Fastfuddan zaharlanish

  • Uydan boshqa, umumiy ovqatlanish shaxobchalari, masalan, restoran, qahvaxona yoki tamaddixonalarda ovqatlanishni afzal ko‘radigan kishilarda ovqatdan zaharlanish ehtimoli 7 marotaba ko‘proq ekan.

  • ОFastfuddan zaharlanishga, odatda, ichak tayoqchalari va stafilokokk sabab bo‘ladi.

 

Fastfuddan zaharlanish sabablari:

  • Saqlash shart-sharoitlarining buzilishi.

    Tez ayniydigan mahsulotlar -2 dan +4ºC daraja haroratda ko‘pi bilan, 72 soat saqlanishi kerak.

  • Oshpaz qo‘lidagi yara-chaqalar.

    Ba'zan oshpaz qo‘llaridagi arzimas yara xo‘randalarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

  • Gigiyena talablariga rioya etmaslik.

    Balki siz gamburger yeyishdan oldin qo‘llaringizni yuvishni unutgandirsiz?

Fastfuddan zaharlanish
 

Asosiy belgilari

Fastfud bilan zaharlanishining belgilari odatda mikroorganizmlar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilishdan bir necha soat keyin aniqlanadi va birinchi kunlarda klinik ko‘rinish to‘liq namoyon bo‘ladi.

Bunday oziq-ovqat zaharlanishining asosiy alomatlariga quyidagilar kiradi:

  • oshqozon-ichak trakti shikastlanish belgilari. Zaharlanganlarning deyarli barchasida dastlab ko‘ngil aynishi va qusish paydo bo‘ladi, so‘ngra qorin og‘rig‘i bilan diareya (ichburish) bilan qo‘shilib, ichakda gaz ishlab chiqarish ko‘payadi. Ikkilamchi Degidratsiya rivojlanadi.
  • Tana harorati va intoksikatsiyaning ortishi (bezovtalik, umumiy zaiflik, bosh og‘rig‘i va mushak og‘rig‘i, yurak tez urishi). Og‘ir zaharlanish holatida, ortgan seruyqulik shaklida bosh miyaning toksik zaharlanishi belgilari, harakatlar sekinlashuvi, harakatlar koordinatsiyasi buzilishi, nutq va ko‘rish qobiliyatida buzilishlar yuzaga keladi.
  • Qichima, qizarish va teri ustida toshmalar bilan toksiallergik dermatit xaqida shikoyat. Bu allergik reaksiya zaharlanishning majburiy belgisidir, uning tashqi ko‘rinishi toksinlar kelishiga javoban katta miqdorda gistamin va boshqa biologik faol moddalarning immun hujayralari tomonidan chiqarilishi bilan bog‘liq. Bularning barchasi, odatda, me’da osti bezi va biliar tizimining alomatlari bilan birgalikda keladi. Ularning yuzaga kelishi ortiqcha ko‘p ovqat iste’mol qilish va fastfud bilan ortiqcha yog‘larni organizmga singishi natijasida, ushbu organlarga ortiqcha yuk tushishi bilan izohlanadi.

Davolash

Fastfud bilan zaharlanishni davolash shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak, ammo bemorga birinchi yordamni iloji boricha tezroq berish tavsiya etiladi. Muhim choralar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • oshqozon-ichak traktining yuqori qismlarini yeyilgan oziq-ovqat, bakteriyalar va toksinlardan tozalash. Buni qilish uchun, oshqozonni yuvish yoki tez-tez suyuqlik ichish orqali qusishni qo‘zg‘atish kerak.
  • Me’da-ichak trakti oralig‘idagi erkin toksinlar miqdorini kamaytirish uchun enterosorbentlarni (Filtrum®) qabul qilish - zaharlanishning asosiy belgilari kuchayishini kamaytirishga yordam beradi.

Boshqa dorilarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilmang, chunki ular mavjud simptomlarni hisobga olgan holda belgilanishi kerak. Shifokor optimal davolanish rejimini tanlashi mumkin.

Fastfud orqali zaharlanishni qanday oldini olish mumkin

Bunday zaharlanishning eng yaxshi oldini olish - sog‘lom, tabiiy va xavfsiz oziq-ovqatlarni afzal ko‘rib, tez ovqatlanishdan bosh tortishdir.

Fastfudni oziq-ovqat sifatida iste’mol uchun baribir tanlagan bo‘lsangiz, uni sotib olayotganda siz bir qator muhim narsalarga e’tibor qaratishingiz kerak:

  • kerakli sanitariya-gigiyenik tekshiruvlardan o‘tadigan yetarlicha keng va taniqli savdo nuqtalariga ustunlik berish;
  • xonalarining tozaligiga, javonlar, stollarning, idishlarning, xizmat ko‘rsatuvchi personalni qo‘llari va ish kiyimlari tozalanganligiga e’tibor bering;
  • Buzilgan, ifloslanish, noto‘g‘ri pishirish belgilarini aniqlash uchun xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini diqqat bilan tekshiring.

Fastfud bilan bog‘liq zaharlanishni butunlay oldini olish mumkin, mahsulotning yangiligi va bu sohada sanitariya-gigiyenik talablarni qondirish borasida biron bir shubha bo‘lsa, bunday oziq-ovqatlarni sotib olishdan bosh tortish mumkin.

 

FILTRUM AVLOD VOSITASI:

Filtrum 400 mg
  • Har 10-15 daqiqada
    suv iching.

  • Kuniga 3-4 mahal 2-3 tabletkadan Filtrum® qabul qiling.

  • Zarur hollarda shifokor chaqiring.