Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / DESERTLAR

Desertdan zaharlanish

Desertdan zaharlanish ehtimolini qanday kamaytirish mumkin?

  • Desertlar, kremli pishiriq va tortlarni xarid qilingan yoki tayyorlangan zahoti iste'mol qilish lozim. Ularni saqlab bo‘lmaydi.

  • Ichingiz achishsa ham, muddati o‘tgan mahsulotni tashlab yuboring.

  • Kremli qandolat mahsulotlarini yopiq idishda muzlatgichda saqlang.

  • Xarid qilish mahali, desertning qayerda va qay holatda saqlanganiga e'tibor bering.

  • Mabodo, qo‘lingizda yiringli yara bo‘lsa, yaxshisi, desert tayyorlashni boshqa biron kishidan iltimos qilganingiz ma'qul.

Aksariyat hollarda zaharlanishga stafilokokk bakteriyalari, aniqrog’i u ajratadigan toksin sabab bo‘ladi.

Odatda oziq-ovqat mahsulotlariga stafilokokk tanasining qaysi bir qismida yiringli yara bo‘lgan oshpazdan tushadi (furunkulyoz, yiringli yaralar, angina, sinusit). Stafilokokk toksini ovqat ta'mi yoki hidini o‘zgartirmaydi va 1-2 soat mobaynida 100 daraja issiqqa bardosh berishi mumkin.

 
 

Nima sababdan desertlardan tez-tez zaharlanishadi?

Ko‘pchilik hollarda shirinliklar alohida tarkibiy qismlari bo‘yicha qiyin tayyorlash texnologiyasiga ega retsept bo‘yicha tayyorlanuvchi murakkab shirinlik taomlaridir. Ular ko‘plab mikroorganizmlar uchun juda yaxshi oziqalar vositasidir va oziq-ovqat manbalari infeksiyasini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan mahsulot sifatida tasniflanadi. Axir, ularning tarkibida bakteriyalar - desertdan zaharlanishning asosiy sababi. Ular streptokokklar, stafilokokklar, protey, ichak tayoqchalari va boshqa bir qator inson uchun shartli patogen mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin.

Desertlardan zaharlanish ehtimolini nima oshiradi?

  • Desert tayyorlash uchun tuxum va sut mahsulotlarini minimal qaynatish yoki umuman termal ishlovsiz tayyorlash. Bu, ayniqsa, uy sharoitida pishirilgan desertlarga taaluqli, hatto u tajribaga ega bo‘lgan konditer tomonidan pishirilgan bo‘lsada.
  • Haroratni saqlash sharoitlariga rioya qilmaslik.
  • tayyor kulinar mahsulotni bir necha marta transportirovka qilish.
  • Konditerda yoki tayyor mahsulotlarni sotuvchisida terisida yaralar, angina yoki boshqa yuqumli kasalliklar bo‘lishi. Ular so‘nggi paytlarda ichak infeksiyasiga uchraganligi, ayniqsa davolanishdan keyin nazorat bakteriolojik tekshiruvlar o‘tkazilganligi muhim ahamiyatga ega.
  • Muddati o‘tayotgan kulinar mahsulotlarini iste’mol qilish.

Zaharlanish sababi bo‘lgan shirinliklar odatda tashqi va ta’mga xos buzilganlik belgilari yo‘q va shuning uchun ular bizni xavotirga solmasligi mumkin.

Desertdan zaharlanish: u o‘zini qanday namoyon etadi

Desertdan zaharlanishning belgilari boshqa oziq-ovqat toksik infeksiyalaridan tubdan farq qilmaydi, bu kasallikning belgilariga quyidagilar kiradi:

  • buzilgan shirinlikni iste’mol qilgandan so‘ng odatda bir necha soat ichida qusish va ko‘ngil aynish;
  • umumiy zaiflik, ko‘ngil aynish, bosh og‘rig‘i belgilar bilan namoyon bo‘luvchi intoksikatsiya;
  • tana haroratining ko‘tarilishi;
  • Ichak kasalliklarining qo‘shilishi - ich ketishi (diareya), qorin bo‘shlig‘idagi shamollash va oshqozon shikastlanishi, oshqozon va ko‘krak og‘rig‘i;

Desertdan zaharlanish juda qiyin kechishi mumkin, chunki shirinlikda katta miqdorda bakteriyalar va toksinlar to‘plangan bo‘lishi mumkin.

Zaharlanish belgilari bilan qanday kurashish mumkin

Desert bilan zaharlanishda dastlabki yordam oshqozonni tozalashdir, bu esa ichakka kiradigan toksinlar va bakteriyalar sonini kamaytiradi. Buning uchun qisqa vaqt oralig‘ida bir nechta katta miqdordagi suv ichish tavsiya qilinadi, so‘ngra qayt qilish kerak. Zarur bo‘lganda, oshqozondan oziq-ovqatlarni to‘liq olib tashlash uchun bu jarayon qayta takrorlanishi mumkin.

Davolashning keyingi bosqichi enterosorbentlarni qabul qilishning boshlanishi (masalan, Filtrum®). Ularning asosiy vazifasi toksinlarni adsorbsiya qilishdir. Enterosorbent qonga singib ketmaydi va faqat oshqozon-ichak trakti oralig‘ida, asosan, ichakda harakat qiladi. Ularni qo‘llash zaharlanishni qisqartirishga yordam beradi, boshqa mavjud belgilarni susaytiradi, zaharlanishdan keyin tiklash jarayonini tezlashtirishga yordam beradi.

Davolanish faqat shifokorning retsepti bo‘yicha amalga oshiriladi. Dori moddalarni mustaqil ravishda iste’mol qilish intoksikatsiyani kuchayishi va asoratlar xavfi bilan bog‘liq.

 

FILTRUM AVLOD VOSITASI:

Filtrum 400 mg
  • Har 10-15 daqiqada
    suv iching.

  • Kuniga 3-4 mahal 2-3 tabletkadan Filtrum® qabul qiling.

  • Zarur hollarda shifokor chaqiring.