
Filtrum: qo‘llash yo‘riqnomasi
Filtrum® preparatini ro‘yxatga olish raqami: R #001189/01
Faol modda: 0,4 g. gidrolizlangan lignin
Farmakoterapevtik guruhi: enterosorbent
Infeksiyalarning yengilroq formalarida Filtrum®qo‘shimcha antibakteriyal vositalarsiz asosiy davolash vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin. Nojo‘ya ta'siri aniqlanmagan. Oshqozon-ichak tizimini zararlamaydi.
Davolash uchun:
- Alkogoldan o‘tkir zaharlanish;
- Alkaloid, dori vositalari, og’ir metall tuzlari va boshqa kimyoviy vositalardan o‘tkir zaharlanishda;
- Oziq-ovqat toksik infeksiyalari, salmonellyoz, dizenteriya;
- Dispepsiya.
- Yaqqol intoksikatsiya bilan kechuvi yiringli- yallig’lanish kasalliklari;
- Giperbilirubinemiya va giperazotemiya (jigar va buyrak yetishmovchiligi);
- Oziq-ovqat va dori allergiyasi;
- Zararli ishlab chiqarish xodimlaridagi surunkali intoksikatsiya profilaktikasi.
Filtrum® qanday qabul qilinadi?
Ovqatlanishdan va boshqa dori preparatlari qabul qilishdan bir soat oldin kuniga 3-4 marta ichiladi. Preparat dozasi yosh, tana vazniga qarab belgilanadi.

Bolalarga
yoshgacha - ½ tabletka
1-3 - ½ - tabletka
4-7 - 1 tabletka
7-12 - 1-2 tabletkadan

Kattalarga
2-3 tabletkadan
Davolash muddati o‘tkir infeksiya va zaharlanishda 3-5, allergiya va surunkali intoksikatsiyada – 14-21 kunni tashkil qiladi.
Alohida qabul qilish qoidalariga rioya etilgan holda, preparatni boshqa dori vositalari bilan kompleks davolashda qo‘llash mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi: reseptsiz. Filtrum® preparati haqida batafsil ma'lumotlarni (yo‘riqnoma, narxi va h.k.) tibbiyot ma'lumot xizmatlaridan bilib olish mumkin.