Filtrumning®nojo‘ya ta’sirlari bormi?
Yo‘riqnomaga rioya qilinganda va shifokor tavsiyalariga amal qilinganda, Filtrumni® qabul qilish kamdan-kam hollarda nojo‘ya ta’sirlarning rivojlanishiga olib keladi. Buni bir nechta muhim omillar bilan tushintirish mumkin:
- Filtrumning® faol moddasining (lignin) odam organizmida hech qanday biologik o‘zgarishga uchramasligi. Preparat qabul qilinganda parchalanib ketmaydi, shunday qilib,hech qanday xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan toksik moddalar (metabolitlar) paydo bo‘lmaydi. Oshqozon-ichak yo‘lidan o‘tayotganda va maydalanganda ham Filtrumning® tuzilishi o‘zgarmaydi. Shuning uchun, preparat ehtimoliy toksik ta’sir ko‘rsatish, qobiliyatiga ega emas.
- Filtrum® hattoki ichakning shilliq qavatida shikastlanish bo‘lgan holatda ham uning devorlari orqali o‘tib ketmaydi. Preparat qon va limfaga so‘rilib ketmaydi va shu sababli tizimli (umumiy) ta’sir ko‘rsata olmaydi. Filtrumning® ta’siri oshqozon-ichak yo‘lining oralig‘i bilan cheklanadi.
- Filtrum® faollashtirilgan ko‘mir asosidagi boshqa preparatlardan farqli ravishda, hazm qilish tizimining devorlarini ta’sirlantirmaydi. Uni qabul qilish mavjud bo‘lgan yallig‘lanish ta’sirlarini kuchaytirmaydi va yangi patologik o’chog’larni rivojlanishiga olib kelmaydi.
Filtrum®- isbotlangan ijobiy xavfsizlik profiliga ega preparatdir. Bu uning somatik zaiflashgan va keksa bemorlar, hattoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ham, davolashda ishlatilishiga imkon beradi.
Filtrumning® namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarga quyidagilar kiradi:
- qabziyat rivojlanishi mumkinligi, ko‘p holatlarda preparatni uzoq muddat yoki haddan oshiq miqdorda qabul qilish natijasida vujudga keladi;
- ichak bo‘shashishining rivojlanishi mumkinligi, bu uning tabiy tarzda to’lqinsimon qisqarishi va ichidagi moddalarning to‘xtalib qolishi bilan namoyon bo‘ladi. bunday nojo‘ya ta’sir paydo bo‘lishining ehtimoli juda kam, aksariyat hollarda preparatni qabul qilishdagi xatolar bilan bog‘liq.
- preparatni qabul qilgandan so‘ng turli xil noqulaylik holatlari paydo bo’lishi bilan individual (shaxsiy ) murosasizlik.