Filtrum® qancha vaqtdan keyin ta’sir qilishni boshlaydi?
Filtrum® tabletkalarining qobig‘i yo‘q, faol moddasi esa aktivlashtirishni talab qilmaydi, shu sababdan preparat yutib yuborilgandan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay «ishlay» boshlaydi. Dorining ta’sir qilish tezligi muhitning kislotalilik darajasiga bog‘liq emas, shunday qilib adsorbatsiya qorin oralig‘iga yetib brogan paytdan boshlanishi mumkin. Lekin toksin va mikroorganizmlarning asosiy qismi baribir preparatning g‘alvirak yuzasiga ingichka ichakda cho‘kadi.
Filtrum® tabletka qabul qilingandan keyin o‘rtacha 20-30 daqiqаdan keyin ta’sir qila boshlaydi. Ta’sir qilish tezligini,tabletkani qabul qilishdan oldin maydalash yo‘li bilan,oshirish mumkin, chunki bu absorbatsiya yuzasini sezilarli darajada kengaytiradi.
Filtrum® ichak oralig‘idagi barcha toksinlarni darhol cho’ktirib ololmasligini anglash kerak. Shuning uchun 1-2 tabletka qabul qilgandan keyin shiddatli ta’sirni kutish kerak emas, uning ta’siri asta-sekin rivojlanadi. Umumiy ahvolning yaqqol yaxshilanishi va mavjud alomatlarning namoyonligini kamaytirish uchun,Filtrumni® bir necha kun davomida, har 6-8 soatda qabul qilish kerak,ba’zi bir holatlarda esa,bundan intensiv(jadal) davolash rejasi ishlatiladi.