Rotavirus(virusli gastroentrit) infeksiyasida Filtrumni® qanday qabul qilish kerak?
Rotavirus(virusli garstoentrit) infeksiyasi ichak infeksiyalari guruhiga mansubdir. Uning qo‘zg‘atuvchisi (g‘ildirakcha ko‘rinishidagi mayda rotavirus) ko‘pincha ingichka ichak shilliq qobig‘idigi qilcha to‘qimalarini zararlantiradi.Natijada kasallangan odamda,suvsizlanish va intoksikatsiya,bilan namoyon bo‘lgan ichburug‘ (ich ketishi) va qorin dam bo‘lishi bilan qayt qilish rivojlanadi.
Rotavirus infeksiyasidagi bu buzilishlar shakllanishining asosida uglevodlarning so‘rilish va parchalanish jarayonining buzilishi turadi. Bu ichakdagi osmotik bosimning,oshqozon ichak yo‘lining oralig‘iga suv chiqishi bilan, ko‘tarilishiga olib keladi. Suyuqlikning bunday qayta taqsimlanishi va ichburug‘ holati bilan bir vaqtda suvsizlanish darajasining oshib borishi, qonning ifodalangan quyulishiga sabab bo‘ladi, buyraklarning faoliyati buziladi.
Natijada ichak oralig‘ida ortiqcha uglevodli suv, azot almashinuvining zararsizlantirilmagan mahsulotlari, toksinlar yig‘ilib qoladi. Davolashning asosiy masalalaridan biri bu moddalarning va rotavirus zarralarining barchasini organizmdan chiqarib tashlashdir. Buning uchun enterosorbent preparatlar,misol uchun Filtrum®, tayinlanadi.
Filtrum®- kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan, yuqori sorbsion (cho’ktiruvchi) qobiliyatga ega bo‘lgan va ijobiy xavfsizlik profilli vositadir. Shuning uchun preparatni bolalardagi rotavirus infeksiyasini davolashda ham qo‘llash mumkin. Qabul qilish sxema (tartibi) shifokor bilan kelishiladi, dozasi esa bemorning yoshi, vazni va ichak buzilishlarining qanchalik namoyon bo‘lganiga qarab tayinlanadi.
Yo‘riqnomaga ko‘ra, bolalar Filtrumni® kuniga 3-4 mahal qabul qilishi kerak, rotavirus infeksiyasida, enterosorbent vosita yordamida davolanish muddati 5 kungacha bo‘ladi. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ (yarimta) tabletka berish mumkin. 1-3 yoshdagi bola uchun dorining bir martalik dozasi 1 ta tabletkagacha oshiriliish mumkin, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham shu miqdorda qabul qilishi kerak, 7 yoshdan katta bolalar esa Filtrumni® 1-2 ta tabletkadan qabul qilishlari mumkin. Kattalar uchun Filtrum® qabul qilish tartibi 2-3 tabletkadan kuniga 3-4 mahal.