Filtrum® allergiyaga qarshi yordam beradimi?
Filtrum® allergiyaga qarshi preparat emas va faqat oshqozon-ichak yo‘li oralig‘ida ta’sir qiladi. Ammo u kattalar va bolalardagi turli allergik ta’siralarni kompleks davolash tarkibida keng qo‘llaniladi, bu bir nechta mexanizm bilan izohlanadi:
- Oziq-ovqat allergenlarning to‘planishi (adsorbentning yuzasida cho‘kish), buning hisobida ularning ichakdagi so‘rilish hajmi kamayadi va organizmdan chiqarilishi osonlashadi.
- Mahsulotlarnig noto‘liq fermentativ parchalanishi, natijasida paydo bo‘lgan toksik mahsulotlarni bog‘lash. Ular organizm uchun zaharli bo‘lib, immun tizimiga ortiqcha yuklama bo‘ladi va uning kelib tushayotgan moddalarga nisbatan g‘ayritabiy javob berish ehtimolini oshiradi. Sorbentlarni qabul qilish organizmni zararli moddalardan tozalash uchun ma’sul a’zolarni, metabolik yuklamasini pasaytirishga yordam beradi.
- Yallig‘lanish va allergik ta’sirlar natijasida immun hujayralaridan ajralib chiqqan, biologik faol moddalarni Adsorbatsiya qilib olish. Bu moddalarga prostoglandin, gistamin, serotonin, bradikinin, leykotrien va bir nechta boshqa birikmalar kiradi. Ular faqat qonda aylanish, to‘qimalarga kirib borish bilan cheklanib qolmay, ichak oralig‘iga ham ajralib chiqish qobiliyatiga egadir. Ularning organizmdan enterosorbent (Filtrum®) yordamida yo‘qotilishi, allergiya alomatlari namoyon bo‘lishining pasayishiga olib keladi.
- Hazm qilish yo‘lidan yallig‘lanishni vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan, toksin ishlab chiqaradigan, va ichakdagi foydali bakteriyalarning faoliyatini buzadigan, turli xil mikoorganizmlarni cho’ktirib olish va chiqarib tashlash. Ular tomonidan keltirib chiqariladigan ichak disbiozi (disbakterioz) – allergiyaga moyillik qiluvchi eng muhim omillaridan biridir.
Filtrumni® qabul qilish toksiko-allergik holatlarni yengillashtirish va yo‘qotishga imkon beradi. Bu preparat nafaqat oziq-ovqat allergiyasida, balki boshqa immun tizimi bilan bog‘liq patologik ta’sirlarni yumshatish uchun ham ishlatilishi mumkin.