Filtrumni® ovqatlanishdan oldin qabul qilgan ma’qulmi yoki keyinmi?
Filtrum® preparatining sorbsion ta’siri qat’iy cheklanmagan. Uning murakkab tuzilgan g‘ovak yuzasida adgeziya (yopishish)ga moyilligi bo‘lgan turli xil moddalar cho‘kishi mumkin. Preparatni ovqat bilan bir vaqtda yoki ovqatlangan keyin oz vaqt o‘tib qabul qilinganda, u nafaqat ichakda yig‘ilgan toksinlar, balki vitamin, mikroelementlar, parchalangan ozuqaviy moddalarni ham adsorbatsiya qilib oladi. Filtrumni® bunday tarzda ishlatish maqsadga muvofiq emas, ahir u gipovitaminoz (vitamin yetishmasligi) va mikroelementlar yetishmovchiligi rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Yo‘riqnomaga ko‘ra, preparatni ovqatlanishdan 1 soat oldin qabul qilish kerak. Bu holda Filtrum®, ovqat kelib tushguncha oshqozon-ichak yo‘lidagi toksinlarning ko‘p qismini adsorbatsiya qilib olishga ulguradi va ozuqaviy moddalarning hazm bo‘lishiga ta’sir qilmaydi.