Filtrumni® “bosh og‘rig‘i” profilaktikasi uchun qanday qabul qilish kerak?
“Bosh og‘rig‘i” alomatlarini yengillashtirish va profilaktikasi, Filtrumni® qo‘llanish ko‘rsatmalaridan biridir. Preparat enterosorbentlar guruhiga kiradi va ichak oralig‘ida ta’sir qiladi, u alkokogol va toksik metabolitlar(modda)- uning to‘liq oksidlanmagan mahsulotlarini adsorbatsiya (g‘ovakli yuzasida cho‘ktirib olish) qiladi.
Ularning orasida eng zararlisi atsetaldegiddir, chunki aynan u to‘qimalardagi bir talay patologik ta’sirlanishlarning faollashishiga sababchi bo‘lib, “bosh og‘rig‘i” sindromini vujudga keltiradi.Bu holatda, organizmdagi almashinish jarayonlarining va kislota-asosli muvozanatni ifodalangan surilishi, mineral moddalarning nomutanosibligi, qonning quyilishi, shishishlar, turli a’zolar faoliyatining buzilishi, ifodalangan jismoniy noqulaylik qayd etiladi. Alkogol parchalanishining past oksidlangan mahsulotlarining to‘planishi, spirtli ichimliklarni qabul qilishni boshlangan vaqtdan ko‘p vaqt o‘tmay boshlanadi, chunki ularning iste’mol qilinish hajmi ko‘p hollarda, alkodegidragenazlar- alkogolni parchalovchi maxsus fermentning, moddalarni parchalash imkoniyatlaridan yuqori bo‘ladi. Jigarda tezlashtarilgan va soddalashtirilgan oksidlanish sikli (jarayoni) boshlanadi, bu o‘z navbatida toksik metabolitlarning (almashinish mahsulotlari) ichak oralig‘i, qon va to‘qimalarda tobora ko‘payib borishiga olib keladi.
Enterosorbentni (Filtrum®) alkogol iste’mol qilishdan oldin, qabul qilib toksinlarning to‘planish tezligini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Preparat o‘z vaqtida bu moddalar va oshqozon ichak yo‘liga kelib tushayotgan alkogolni bog‘lab, jigarga bo‘lgan yuklamani kamaytiradi. Mana shu choralar “bosh og‘rig‘i”ning profilaktikasi bo‘ladi.
“Bosh og‘rig‘i” sindromini shakllanishini oldini olish uchun, alkogolni iste’mol qilishdan 1 soat oldin 2-3 ta Filtrum® tabletkasini qabul qilish tavsiya etiladi.Bu vaqt ichida preparat qorin sohasidan o‘tib bo‘ladi va toksinlarni adsorbatsiya qilish kerak bo‘lgan, ingichka ichak yuqori sohasining oralig‘iga yetib borgan bo‘ladi. Filtrumni® xuddi shunday miqdorda, yaxshi absorbatsiya bo‘lishi uchun oldindan maydalab, har 2-3 soatda, qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Keyingi 2 kun ichida, Filtrum® alkokogol iste’mol qilishning asoratlarini yo‘qotish uchun kuniga 3-4 mahal qabul qilinadi.