Filtrumning® faol moddasi qanday?
Filtrum® - bu enterosorbentlar guruhiga kiruvchi, isbotlangan yuqori xavfsizlik profiliga ega zamonaviy dori vositasidir. Uning faol moddasi murakkab tuzilishli ligin-barqaror, gidrolizlanmaydigan, bir nechta qardosh molekulyar tuzilishli biopolimerlardan tashkil topgan ,g‘ovakli birikmadir. Uni ba’zi bir daraxt turlarini gidroliz qilish yo‘li bilan olishadi.
Inson oshqozon-ichak yo‘lining fermentlari gidrolizlangan ligninning yirik va barqaror tuzilishini parchalay olmaydi,shuning uchun unda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi va ichak devori orqali so‘rilib ketmaydi. Lekin ichak bo‘ylab o‘tayotgan paytida u o‘z yuzasida yopishishga (adgeziya) moyil bo‘lgan kasallik tashuvchi mikroorganizmlar,og‘ir metallar, kelib chiqishi turli xil bo‘lgan toksinlar, modda almashinuvi mahsulotlari,allergenlar va hattoki radioaktiv izotoplarni ham bog‘lab oladi. Bu “yuk” bilan birga u o‘zgarmagan holda, hazm qilish tizimini tozalab, axlat bilan birga chiqib ketadi.
Lingin moddasinig adsorbatsiyaga bo‘lgan yuqori qobiliyati- Filtrum® ta’sirining asosidir.