Mazkur bo‘lim faqat tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo‘ljallangan.
Agar Siz tibbbiyot
yoki farmasevtika sanoati
vakili bo‘lsangiz,
tugmani bosing
Agar Siz tibbiyot
yoki farmasevtika sanoati
xodimi bo‘lmasangiz,
tugmasini bosing
KirishQaytish
Filtrum / Savolingizni bering

Tez-tez beriladigan savollar

Hv. Filtrumni® - bolalarga tug‘ilgan davridan boshlaboq berishga ruxsat etilgan. Biroq, tashxis qo‘yish va samaraliroq terapiya belgilash uchun pediatr maslahatini olishni tavsiya qilamiz.

Preparat dozasi yosh, tana og‘irligi va kasallikning og‘ir-engilligiga bog‘liq.

Filtrumni® - oldindan maydalab, ovqatlanish va boshqa dori vositalarini qabul qilishdan 1 soat avval suv bilan ichga qabul qilish tavsiya etiladi.

Tibbiy yo‘riqnomasiga muvofiq qabul qilishning o‘rtacha miqdori (dozasi):
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 2-3 tabletkadan
7-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1-2 tabletkadan
4-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 tabletkadan
1-3 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 0.5-1 tabletkadan
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 0.5 tabletka

Ha. Filtrumni® homiladorlik mahali qabul qilish taqiqlanmagan.

Filtrum® preparatining maqbul narxini shahringiz ma'lumotxonalaridan aniqlashtiring:

Ma'lumot xizmati — APTEKA.UZ

Filtrum® tibbiy preparati yo‘riqnomasiga ko‘ra, alkogoldan zaharlanishga qarshi qo‘llashda ham tavsiya qilinadi.

Filtrum® organizmdan patogen bakteriyalar va bakterial toksinlar, dori vositalari, zahar, og‘ir metall tuzlari, alkogol, allergenlar hamda modda almashinuvida ishtirok etuvchi ortiqcha mahsulotlarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi.
Shunday qilib, Filtrum® alkogoldan zaharlanish, ya’ni “boshog‘rig‘ida” ko‘mak berishi mumkin.

Yuzda husnbuzarlarning toshishining sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning qator kasalliklar alomati bo‘lishi mumkinligi bois, paydo bo‘lish sababini aniqlab olish zarur. Buning uchun to‘liq tekshiruv o‘tkazib, tashxis qo‘ya olishlari uchun dermatolog yoki allergolog shifokorga murojaat qilish kerak. Aksariyat holatlarda yuzda toshma toshishiga allergiya sabab bo‘ladi.

Filtrum®Eko tibbiy preparatini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga ko‘ra, preparatni oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish va dori allergiyasiga qarshi qo‘llash ham tavsiya etilgan.

Filtrum® organizmdan patogen bakteriyalar va bakterial toksinlar, dori vositalari, zahar, og‘ir metall tuzlari, alkogol, allergenlar hamda modda almashinuvida ishtirok etuvchi ortiqcha mahsulotlarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi.
Shunday qilib, Filtrum® yuzda oziq-ovqat yoki dori allergiyasi oqibatida paydo bo‘lgan toshmalarni ketkazishga yordam beradi.

Rotavirus(virusli garstoentrit) infeksiyasi ichak infeksiyalari guruhiga mansubdir. Uning qo‘zg‘atuvchisi (g‘ildirakcha ko‘rinishidagi mayda rotavirus) ko‘pincha ingichka ichak shilliq qobig‘idigi qilcha to‘qimalarini zararlantiradi.Natijada kasallangan odamda,suvsizlanish va intoksikatsiya,bilan namoyon bo‘lgan ichburug‘ (ich ketishi) va qorin dam bo‘lishi bilan qayt qilish rivojlanadi.

Rotavirus infeksiyasidagi bu buzilishlar shakllanishining asosida uglevodlarning so‘rilish va parchalanish jarayonining buzilishi turadi. Bu ichakdagi osmotik bosimning,oshqozon ichak yo‘lining oralig‘iga suv chiqishi bilan, ko‘tarilishiga olib keladi.  Suyuqlikning bunday qayta taqsimlanishi va ichburug‘ holati bilan bir vaqtda suvsizlanish darajasining oshib borishi, qonning ifodalangan quyulishiga sabab bo‘ladi, buyraklarning faoliyati buziladi.

Natijada ichak oralig‘ida ortiqcha uglevodli suv, azot almashinuvining zararsizlantirilmagan mahsulotlari, toksinlar yig‘ilib qoladi. Davolashning asosiy masalalaridan biri bu moddalarning va rotavirus zarralarining barchasini organizmdan chiqarib tashlashdir. Buning uchun enterosorbent preparatlar,misol uchun Filtrum®, tayinlanadi.

 Filtrum®- kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan, yuqori sorbsion (cho’ktiruvchi) qobiliyatga ega bo‘lgan va ijobiy xavfsizlik profilli vositadir. Shuning uchun preparatni bolalardagi rotavirus infeksiyasini davolashda ham qo‘llash mumkin. Qabul qilish sxema (tartibi) shifokor bilan kelishiladi, dozasi esa bemorning yoshi, vazni va ichak buzilishlarining qanchalik namoyon bo‘lganiga qarab tayinlanadi.

Yo‘riqnomaga ko‘ra, bolalar Filtrumni® kuniga 3-4 mahal qabul qilishi kerak, rotavirus infeksiyasida, enterosorbent vosita yordamida davolanish muddati 5 kungacha bo‘ladi. 1 yoshgacha bo‘lgan  bolalarga  ½  (yarimta) tabletka berish mumkin. 1-3 yoshdagi bola uchun dorining bir martalik dozasi 1 ta tabletkagacha oshiriliish mumkin, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham shu miqdorda qabul qilishi kerak, 7 yoshdan katta bolalar esa Filtrumni® 1-2 ta tabletkadan qabul qilishlari mumkin. Kattalar uchun Filtrum® qabul qilish tartibi 2-3 tabletkadan kuniga 3-4 mahal.  

“Bosh og‘rig‘i” alomatlarini yengillashtirish va profilaktikasi, Filtrumni® qo‘llanish ko‘rsatmalaridan biridir. Preparat enterosorbentlar guruhiga kiradi va ichak oralig‘ida ta’sir qiladi, u alkokogol va toksik metabolitlar(modda)- uning to‘liq oksidlanmagan mahsulotlarini adsorbatsiya (g‘ovakli yuzasida cho‘ktirib olish) qiladi.

Ularning orasida eng zararlisi atsetaldegiddir, chunki aynan u to‘qimalardagi bir talay patologik ta’sirlanishlarning faollashishiga sababchi bo‘lib, “bosh og‘rig‘i” sindromini vujudga keltiradi.Bu holatda,  organizmdagi almashinish jarayonlarining  va kislota-asosli muvozanatni ifodalangan surilishi, mineral moddalarning nomutanosibligi, qonning quyilishi, shishishlar, turli a’zolar faoliyatining buzilishi, ifodalangan jismoniy noqulaylik qayd etiladi. Alkogol parchalanishining past oksidlangan mahsulotlarining to‘planishi, spirtli ichimliklarni qabul qilishni boshlangan vaqtdan ko‘p vaqt o‘tmay boshlanadi, chunki ularning iste’mol qilinish hajmi ko‘p hollarda, alkodegidragenazlar- alkogolni parchalovchi maxsus fermentning, moddalarni parchalash imkoniyatlaridan yuqori bo‘ladi. Jigarda tezlashtarilgan va soddalashtirilgan oksidlanish sikli (jarayoni) boshlanadi, bu o‘z navbatida toksik metabolitlarning (almashinish mahsulotlari) ichak oralig‘i, qon va to‘qimalarda tobora ko‘payib borishiga olib keladi.

Enterosorbentni (Filtrum®) alkogol iste’mol qilishdan oldin, qabul qilib toksinlarning to‘planish tezligini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Preparat o‘z vaqtida bu moddalar va oshqozon ichak yo‘liga kelib tushayotgan alkogolni bog‘lab, jigarga bo‘lgan yuklamani kamaytiradi. Mana shu choralar “bosh og‘rig‘i”ning profilaktikasi bo‘ladi.

“Bosh og‘rig‘i” sindromini shakllanishini oldini olish uchun, alkogolni iste’mol qilishdan 1 soat oldin 2-3 ta Filtrum® tabletkasini qabul qilish tavsiya etiladi.Bu vaqt ichida preparat qorin sohasidan o‘tib bo‘ladi va toksinlarni adsorbatsiya qilish kerak bo‘lgan, ingichka ichak yuqori sohasining oralig‘iga yetib borgan bo‘ladi. Filtrumni® xuddi shunday miqdorda, yaxshi absorbatsiya bo‘lishi uchun oldindan maydalab, har 2-3 soatda, qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Keyingi 2 kun ichida, Filtrum® alkokogol iste’mol qilishning asoratlarini yo‘qotish uchun kuniga 3-4 mahal qabul qilinadi.

Filtrum® allergiyaga qarshi preparat emas va faqat oshqozon-ichak yo‘li oralig‘ida ta’sir qiladi. Ammo u kattalar va bolalardagi turli allergik ta’siralarni kompleks davolash tarkibida keng qo‘llaniladi, bu bir nechta mexanizm bilan izohlanadi:

  • Oziq-ovqat allergenlarning to‘planishi (adsorbentning yuzasida cho‘kish), buning hisobida ularning ichakdagi so‘rilish hajmi kamayadi va organizmdan chiqarilishi osonlashadi.
  • Mahsulotlarnig noto‘liq fermentativ parchalanishi, natijasida paydo bo‘lgan toksik mahsulotlarni bog‘lash. Ular organizm uchun zaharli bo‘lib, immun tizimiga ortiqcha yuklama bo‘ladi va uning kelib tushayotgan moddalarga nisbatan g‘ayritabiy javob berish ehtimolini oshiradi. Sorbentlarni qabul qilish organizmni zararli moddalardan tozalash uchun ma’sul a’zolarni, metabolik yuklamasini pasaytirishga yordam beradi.
  • Yallig‘lanish va allergik ta’sirlar natijasida immun hujayralaridan ajralib chiqqan, biologik faol moddalarni Adsorbatsiya qilib olish. Bu moddalarga prostoglandin, gistamin, serotonin, bradikinin, leykotrien va bir nechta boshqa birikmalar kiradi. Ular faqat qonda aylanish, to‘qimalarga kirib borish bilan cheklanib qolmay, ichak oralig‘iga ham ajralib chiqish qobiliyatiga egadir. Ularning organizmdan enterosorbent (Filtrum®) yordamida yo‘qotilishi, allergiya alomatlari namoyon bo‘lishining pasayishiga olib keladi.
  • Hazm qilish yo‘lidan yallig‘lanishni vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan, toksin ishlab chiqaradigan, va ichakdagi foydali bakteriyalarning faoliyatini buzadigan, turli xil mikoorganizmlarni cho’ktirib olish va chiqarib tashlash. Ular tomonidan keltirib chiqariladigan ichak disbiozi (disbakterioz) – allergiyaga moyillik qiluvchi eng muhim omillaridan biridir.

Filtrumni® qabul qilish toksiko-allergik holatlarni yengillashtirish va yo‘qotishga imkon beradi. Bu preparat nafaqat oziq-ovqat allergiyasida, balki boshqa immun tizimi bilan bog‘liq patologik ta’sirlarni yumshatish uchun ham ishlatilishi mumkin.

Filtrum® preparatining sorbsion ta’siri qat’iy cheklanmagan. Uning murakkab tuzilgan g‘ovak yuzasida adgeziya (yopishish)ga moyilligi bo‘lgan turli xil moddalar cho‘kishi mumkin. Preparatni ovqat bilan bir vaqtda yoki ovqatlangan keyin oz vaqt o‘tib qabul qilinganda, u nafaqat ichakda yig‘ilgan toksinlar, balki vitamin, mikroelementlar, parchalangan ozuqaviy moddalarni ham adsorbatsiya qilib oladi. Filtrumni® bunday tarzda ishlatish maqsadga muvofiq emas, ahir u gipovitaminoz (vitamin yetishmasligi) va mikroelementlar yetishmovchiligi rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Yo‘riqnomaga ko‘ra, preparatni ovqatlanishdan 1 soat oldin qabul qilish kerak. Bu holda Filtrum®, ovqat kelib tushguncha oshqozon-ichak yo‘lidagi toksinlarning ko‘p qismini adsorbatsiya qilib olishga ulguradi va ozuqaviy moddalarning hazm bo‘lishiga ta’sir qilmaydi.

Yo‘riqnomaga rioya qilinganda va shifokor tavsiyalariga amal qilinganda, Filtrumni® qabul qilish kamdan-kam hollarda nojo‘ya ta’sirlarning rivojlanishiga olib keladi. Buni bir nechta muhim omillar bilan tushintirish mumkin:

  • Filtrumning® faol moddasining (lignin) odam organizmida hech qanday biologik o‘zgarishga uchramasligi. Preparat qabul qilinganda parchalanib ketmaydi, shunday qilib,hech qanday xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan toksik moddalar (metabolitlar) paydo bo‘lmaydi. Oshqozon-ichak yo‘lidan o‘tayotganda va maydalanganda ham Filtrumning® tuzilishi o‘zgarmaydi. Shuning uchun, preparat ehtimoliy toksik ta’sir ko‘rsatish, qobiliyatiga ega emas.
  • Filtrum® hattoki ichakning shilliq qavatida shikastlanish bo‘lgan holatda ham uning devorlari orqali o‘tib ketmaydi. Preparat qon va limfaga so‘rilib ketmaydi va shu sababli tizimli (umumiy) ta’sir ko‘rsata olmaydi. Filtrumning® ta’siri oshqozon-ichak yo‘lining oralig‘i bilan cheklanadi.
  • Filtrum® faollashtirilgan ko‘mir asosidagi boshqa preparatlardan farqli ravishda, hazm qilish tizimining devorlarini ta’sirlantirmaydi. Uni qabul qilish mavjud bo‘lgan yallig‘lanish ta’sirlarini kuchaytirmaydi va yangi patologik o’chog’larni rivojlanishiga olib kelmaydi.

Filtrum®- isbotlangan ijobiy xavfsizlik profiliga ega preparatdir. Bu uning somatik zaiflashgan va keksa bemorlar, hattoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ham, davolashda ishlatilishiga imkon beradi.

Filtrumning® namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarga quyidagilar kiradi:

  • qabziyat rivojlanishi mumkinligi, ko‘p holatlarda preparatni uzoq muddat yoki haddan oshiq miqdorda qabul qilish natijasida vujudga keladi; 
  • ichak bo‘shashishining rivojlanishi mumkinligi, bu uning tabiy tarzda to’lqinsimon qisqarishi va ichidagi moddalarning to‘xtalib qolishi bilan namoyon bo‘ladi. bunday nojo‘ya ta’sir paydo bo‘lishining ehtimoli juda kam, aksariyat hollarda preparatni qabul qilishdagi xatolar bilan bog‘liq.
  • preparatni qabul qilgandan so‘ng turli xil noqulaylik holatlari paydo bo’lishi bilan individual (shaxsiy ) murosasizlik.   

Filtrum® tabletkalarining qobig‘i yo‘q, faol moddasi esa aktivlashtirishni talab qilmaydi, shu sababdan preparat yutib yuborilgandan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay «ishlay» boshlaydi. Dorining ta’sir qilish tezligi muhitning kislotalilik darajasiga bog‘liq emas, shunday qilib adsorbatsiya  qorin oralig‘iga yetib brogan paytdan boshlanishi mumkin. Lekin toksin va mikroorganizmlarning asosiy qismi baribir preparatning g‘alvirak yuzasiga ingichka ichakda cho‘kadi.

Filtrum® tabletka qabul qilingandan keyin o‘rtacha 20-30 daqiqаdan keyin  ta’sir qila boshlaydi. Ta’sir qilish tezligini,tabletkani qabul qilishdan oldin maydalash yo‘li bilan,oshirish mumkin, chunki bu absorbatsiya  yuzasini sezilarli darajada kengaytiradi.

Filtrum® ichak oralig‘idagi barcha toksinlarni darhol cho’ktirib ololmasligini anglash kerak. Shuning uchun 1-2 tabletka qabul qilgandan keyin shiddatli ta’sirni kutish kerak emas, uning ta’siri asta-sekin rivojlanadi. Umumiy ahvolning yaqqol yaxshilanishi va mavjud alomatlarning namoyonligini kamaytirish uchun,Filtrumni® bir necha kun davomida, har 6-8 soatda qabul qilish kerak,ba’zi  bir  holatlarda esa,bundan intensiv(jadal)  davolash rejasi ishlatiladi.

Filtrum® - bu enterosorbentlar guruhiga kiruvchi, isbotlangan yuqori xavfsizlik profiliga ega zamonaviy dori vositasidir. Uning faol moddasi murakkab tuzilishli ligin-barqaror, gidrolizlanmaydigan, bir nechta qardosh molekulyar tuzilishli biopolimerlardan tashkil topgan ,g‘ovakli birikmadir. Uni ba’zi bir daraxt turlarini gidroliz qilish yo‘li bilan olishadi.

Inson oshqozon-ichak yo‘lining fermentlari gidrolizlangan ligninning yirik va barqaror tuzilishini parchalay olmaydi,shuning uchun unda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi va ichak devori orqali so‘rilib ketmaydi. Lekin ichak bo‘ylab o‘tayotgan paytida u o‘z yuzasida yopishishga (adgeziya) moyil bo‘lgan kasallik tashuvchi mikroorganizmlar,og‘ir metallar, kelib chiqishi turli xil bo‘lgan toksinlar, modda almashinuvi mahsulotlari,allergenlar va hattoki radioaktiv izotoplarni ham bog‘lab oladi. Bu “yuk” bilan birga u o‘zgarmagan holda, hazm qilish tizimini tozalab, axlat bilan birga chiqib ketadi.

Lingin moddasinig adsorbatsiyaga bo‘lgan yuqori qobiliyati- Filtrum® ta’sirining asosidir.

Qo‘llanmaga muvofiq,Filtrum® preparatining yaroqlik muddati 2 yilni tashkil qiladi.Bu muddat o‘tgandan so‘ng preparatni enterosorbent sifatida ishlatish va qabul qilish mumkin emas.Bu bir nechta sabablar bilan izohlanadi:

  • Gidrolizlangin lignin (Filtrumning® faol moddasi) murakkab barqaror biopolimerlar guruhiga mansub modda. Lekin u ham vaqt o‘tishi bilan ,asta-sekin,yemirilishi mumkin,bu esa preparat xavfsizligi va samaradorligining pasayishiga olib keladi.Lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolatlangan yaroqlik muddati davomida Filtrum® o‘zining barcha xususiyatlarini to‘liqligicha saqlab turadi.
  • Ishlab chiqarilayotgan va to‘g‘ri saqlangan preparat hech qanday biologik xavf tug‘dirmaydi.Preparat qabul qilinganda,uning yuzasida cho‘kib qolgan, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning hech biri bilan zararlanishning sababchisi bo‘la olmaydi. Lekin preparatning yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng uning bog‘lovchi (adsorbatsiya) qobiliyati pasayishi mumkin,bu holat bakteriyalarning mustahkam bog‘lanmaslik ehtimolini oshiradi va cho‘kkan bakteriyalarning ajralib chiqishiga imkon berishi mumkin.

Savol berish


- “AVVA RUS” AJ dori preparatlarini qo‘llash yuzasidan savollaringizni;
- “AVVA RUS” AJ doripreeparatlari sifati bo‘yicha fikr va mulohazalaringiz bo‘lsa bevosita,
aloqa xizmatida siz bilan bog‘lanish raqamini ko‘rsatgan holda tegishli shaklni to‘ldiring.


Shaxsiy ma’lumotlarimni qayta ishlashga izn beraman.

*“AVVA RUS” AJ tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanmaydi. Olingan har qanday ma’lumot davolovchi mutaxassisga yetkazilishi lozim. Qarshi ko‘rsatmalar bo‘lishi mumkin.
*Murojaatingiz siz bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar – ism sharifingiz va e-mail mavjud bo‘lganida qabul qilinadi. Mazkur xabarni yetkazish orqali Siz o‘zingizga taalluqli ma’lumotlarni qayta ishlash, ro‘yxatga olish va saqlanishiga 2006.27.07da qabul qilingan “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Federal Qonunga asosan rozilik bergan bo‘lasiz.